So’nggi yangiliklar

14:03Пеп Гвардиола: "Холанд тўхтатиб бўлмас. Ҳеч бир ҳимоячи, ҳатто пистолет билан ҳам уни тўхтата олмайди"  0 13:34ПСЖ ва "Лестер" собиқ футболчиси 39 ёшида ҳаётдан кўз юмди  3 12:51"Реал" Мбаппенинг самарадорлигидан хавотирланмаяпти, у лойиҳанинг муҳим қисми  3 11:41"Фенербахче" ва Моуринью ўз сафини ЖЧ-2022 ярим финалчиси билан кучайтирди  1 11:16"Рома" "Атлетико" собиқ ўйинчиси билан эркин агент мақомида шартнома имзолайди  5 10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  3 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  5 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1

SHahboz Erkinov: Maksimal bo'lishga intilaman Yangiliklar

SHahboz Erkinov: Maksimal bo'lishga intilaman

O'zbekiston chempionati oliy ligasida kurash qizg'in ko'rinish olmoqda. Bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Qizilqum, Metallurg, Buxoro jamoalari ana shu shiddatning oshishiga xizmat qilishmoqda.

Ushbu klublar sovrinli o'rinlardan birini egallashi kutilayotgan Nasafga etarlicha tashvish tug'dirmoqdalar. Avvalgi turda qarshiliklar Qizilqum mehmoni bo'lishdi. Oltita gol urilgan o'sha uchrashuvda jangovar durang qayd etildi. O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda SHahboz Erkinov tomonidan kiritilgan to'p Nasafni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Biz mazkur uchrashuvdan so'ng o'yin qahramonlaridan biriga aylangan hujumchidan intervyu oldik.

- SHahboz, Qizilqumga qarshi uchrashuv dramatik ko'rinish oldi. Oltita gol urilgan bahsda g'olib aniqlanmadi. Bu sizlar uchun kutilgan o'yin bo'ldimi yoki navoiyliklar biroz hayron qoldirishdimi?

- Mezbonlardan xuddi shunday shiddatli o'yin kutgan edik. Murabbiyimiz bahs oldidan ko'rsatma berish chog'ida aytganidek, maydon egalari asosan uzun to'p uzatishlar va standart vaziyatlarga tayanib harakat qilishdi. Buning natijasida darvozamizdan joy olgan uchala to'p ham standart vaziyatdan so'ng kiritildi. Qolaversa, hisobning bunday ko'rinish olishiga o'zimiz ham sababchi bo'ldik. Hisob 2:0 bo'lib turgan bir paytda xotirjamlikka berildik shekilli, oqibatda ketma-ket uchta to'p o'tkazib yubordik. Yana bir jihat etiborimdan chetda qolmadi: bu yil ikkinchi marotaba Qizilqumga qarshi safarda o'yin o'tkazgan bo'lsak, hakamlar bizning darvozamiz tomon uchta penalti belgilashdi.

- Odatda hakamlar masalasi futbolchilar yoxud murabbiylar tomonidan muhokama qilinmaydi. Lekin real olganda, Qizilqumga qarshi uchrashuvda hakam o'yin natijasiga tasir o'tkazdimi?


- Qizilqumning hujumkor futbolchilari penalti ishlashga usta ekanlar. Bu ham bir mahorat bo'lsa kerak (kuladi). Umuman olganda, bu masala bo'yicha mendan emas, mutaxassis va muxlislardan so'rash kerak. Agar hakam tasir o'tkazdi, desam o'zi va jamoasini oqlayapti, deb o'ylashlari mumkin. Bahona tayer, deydiganlar ham topiladi. Mening fikrim ahamiyatli emas, yaxshisi, oqilona bahoni uchrashuvni stadiondan turib bevosita tomosha qilgan muxlislar berishsin. SHu o'rinda yana bir narsani aytishni istardim, agar o'zimiz eng yaxshi o'yinimizni namoyish etganimizda, hakamlar to'g'risida ortiqcha gap-so'zga hojat qolmasdi. Boshqa tomondan, bunday shiddatli kechadigan bahslarni boshqarishda hakamlar ham qiyinchiliklarga duch kelishadi.

- Qizilqum bilan o'yinda bir ochkoga ega bo'ldinglarmi yoki ikki ochko yo'qotildimi?


- Raqibga hurmatni saqlagan holda shuni ayta olamanki, o'sha uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik. To'g'ri, qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirdik. Lekin oxirgi soniyagacha g'alaba qozonish haqida o'ylab, hujumga intildik. Murabbiylarimiz ham bizni butun o'yin mobaynida faqat oldinga chorlashdi.

- Qo'shimcha bo'limda gol urdingiz...


- Kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo'ldim. Bu vaziyatda omadim kelgani ham bor gap.

- Ko'z tegmasin, so'nggi o'yinlarda maydonni golsiz tark etmayapsiz. Gennadiy Krasnickiy nomidagi yuzlik klubiga ham qo'shildingiz. SHahboz Erkinov o'z o'yinini topib oldi, desak bo'ladimi?


- SHukrki, omadim kelyapti. Meni bir muddatga tark etgan omad qushini tutib olgandekman. Lekin hali oxirigacha o'z o'yinimni topdim, deya olmayman. Umuman, bu narsaga mutaxassis va muxlislar baho berishgani maqul. O'zim haqimda gapirishni uncha xush ko'rmayman. Ammo Krasnickiy klubiga azo bo'lganimdan juda xursandman. SHu tariqa orzularimdan biri ushaldi.

- Bunday holat, yani uzoq muddat davom etgan golsiz seriyaning yuzaga kelishini nima bilan izohlaysiz?


- Har doim turlicha vaziyatlar bo'lgan. Qaerdadir xotirjamlik etishmagan, boshqa safar ana shu xotirjamlik ko'payib ketgan. So'nggi o'yinlarda ko'p intilyapman, izlanyapman, qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishda bevosita ishtirok etyapman, to'p kelishini esa kutmayapman. Eng asosiysi, golni his qilyapman. Menimcha, muvaffaqiyatimning siri ham shunda bo'lsa kerak.

- Mashaldan ketishingizga nima sabab bo'lgandi? Nasaf varianti qaerdan paydo bo'ldi?

- Mashal bilan yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayotgan paytimda menga Nasaf jamoasi rahbariyatidan qo'ng'iroq qilishdi. O'sha suhbat so'ngida uchrashuv belgiladik. Kelishuvga ko'ra, Toshkentda uchrashdik. Menga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning o'zi qiziqish bildirayotganini aytishdi. Agar o'zimda Nasafga o'tish istagi bo'lsa, Mashal rahbarlari bilan o'zlari masalani hal qilishlarini bildirishdi. SHu tariqa, Qarshiga keldim, bosh murabbiy bilan suhbatlashdim va Nasafga o'tishga rozilik berdim.

- Mashal rahbarlari sizni osonlikcha qo'yib yuborishmagandir?


- Ular bilan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Menimcha, bundan keyin ham bo'lmasa kerak. Muborakdagilar bilan do'stona ruhda xayrlashdik. Klub rahbariyati ham, murabbiylar shtabi ham tanlovimni to'g'ri qabul qilishdi. Uchrashuv so'ngida bir-birimizga omad tiladik.

- Nasafdagi hozirgi holatingizdan ko'nglingiz to'q, shundaymi?


- To'liq to'q, deya olmayman. Hayotda maksimalist bo'lishni xohlayman. Boisi, shunday tarbiya olganman. Hali oldinda muhim uchrashuvlar ko'p. Qolaversa, bizni kubok finali ham kutib turibdi. Nasib qilsa, bu savolingizga mavsum oxirida javob beraman.

- CHempionatning qolgan o'yinlari shiddatli kechishi aniq. G'alvir suvdan ko'tariladigan fursat etib keldi. Bu uchrashuvlarga tayyormisizlar?


- Ha, bundan buyon 6 ochkolik o'yinlar o'tkaziladi. Mazkur bahslarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Eng asosiysi, futbolchilarda jarohat bo'lmasin.

- Uchinchi o'rinni saqlab qolish uchun imkoniyatinglar etarlimi?


- Hozir eng asosiysi, keyingi o'yinlarda ochko yo'qotmaslik haqida o'ylayapmiz. Tabiiyki, jamoalarning qaysi pog'onani egallashganini faqatgina mavsum yakunida bilib olishimiz mumkin. Oldindan bashorat qilish qiyin. CHunki qolgan o'yinlar, yuqorida aytganimdek, 6 ochko uchun kechadi.

- Bu yil ham O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida o'ynaysizlar. Finalda imkoniyatlar deyarli teng bo'ladi, deyishadi. Bu fikrga qo'shilasizmi?


- Albatta, qo'shilaman. Haqiqatan ham, jamoalarning imkoniyatlari teng. Bitta o'yindan iborat uchrashuvlarda birgina xatoning o'zi ham mag'lubiyatga eltishi hech gapmas. Umuman, o'sha paytda yaxshi taraddud ko'rib, ruhiy va jismoniy tomondan o'yinga tayyor bo'lgan jamoaning g'alaba qozonish imkoniyati ko'payadi, deb o'ylayman. Axir kubok finali - mavsumning oxirgi o'yini. Bu uchrashuvda jamoalar borlarini berishadi, futbolchilar jon-jahdlari bilan o'ynashadi. Mavsum boshidan to shu kungacha etib kelishning o'zi bo'lmaydi. Bitta xato evaziga alamli mag'lubiyatni qabul qilib olishni hech bir jamoa istamaydi. O'ylaymanki, o'sha paytga borib aynan bizning tayyorgarligimiz optimal holatda bo'ladi va biz o'z unvonimizni saqlab qolamiz.

- CHempionlik uchun kurashda qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaysiz?


- Ochkolar orasidagi farqni hisobga olsak, Lokomotivning imkoniyati balandroq, deb o'ylayman. Lekin Bunyodkor ham oxirgacha kurashishi aniq. Amaldagi chempion - Paxtakor turnir jadvali o'rtalarida borayotganiga qaramay, chempionlik uchun kurashayotgan har ikki klubni ham mag'lubiyatga uchratishni uddaladi. Menimcha, bu ikki jamoa hali yana ochko yo'qotishadi. CHunki oliy ligada jon saqlab qolishga intilayotganlar ham so'nggi uchrashuvlarda kuchli o'yin namoyish etishadi. Bevosita Nasafga kelsak, qolgan o'yinlarda maksimal darajada ochko jamg'arishimiz shart. Aks holda, bizni taqib etayotgan jamoalar ancha yaqinlashib olishadi.

- Milliy jamoamizni oldinda ikkita muhim uy uchrashuvi kutib turibdi. Eron va Xitoy termalariga qarshi o'tkaziladigan bu o'yinlardagi imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?


- Ko'z tegmasin, bosh jamoamiz uchinchi saralash bosqichini juda yaxshi boshladi. Nasib qilsa, saralash bosqichining oxirigacha shunday bo'lib qoladi. Hozirgacha uchinchi saralash bosqichini bu qadar muvaffaqiyatli boshlamagandik. Ketma-ket ikkita g'alaba haqida-ku gapirmasa ham bo'laveradi. Bevosita guruhda o'tkazilgan dastlabki o'yinlarga to'xtalsam, hayajon juda kuchli edi. Bu holat futbolchilarda yaqqol sezilib qoldi. Ikkala uchrashuvda ham yigitlar faqat natija uchun o'ynashdi. SHuning uchun ham o'yin chiroyli ko'rinish olmadi. Lekin asosiysi, 3 ochko qo'lga kiritildi. Hozir bizga aynan shu narsa muhimroq. CHunki jozibali xatti-harakatlar uzog'i bilan ikki haftada muxlislar yodidan ko'tariladi. Natija esa bir umrga tarixga muhrlanadi. SHaxsiy fikrim, guruhning keyingi o'yinlarida futbolchilarimizga nisbatan osonroq bo'ladi. Ular startdagi his-hayajonni engib o'tishdi, deb o'ylayman. Menimcha, Eron va Xitoy termalariga qarshi o'tkaziladigan ikki o'yin guruhimizda juda ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi: shu tariqa kim qanday kuchga ega-yu, jahon chempionatiga chiqishga kim haqli ekanligini bilib olamiz. Nasib qilsa, 6 va 11 oktyabr kunlari o'tkaziladigan bahslarda 6 ochko olib, yakunda albatta, JCH-2018ga ham chiqamiz. Terma jamoamizdagi barcha shuni xohlayapti, bu yaqqol ko'rinib turibdi. Istak bor joyda esa, natija ham bo'ladi. Butun o'zbek xalqi termamizning uzoq kutilgan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishini istayapti.

- Termamiz hujum chizig'ida o'ziga yarasha muammolar borligini inobatga olsak, sizda hali bosh jamoadan chaqiruv olish imkoniyati mavjud. Kun tartibingizda bu masala ham bormi?


- Albatta. Har bir futbolchi bosh jamoadan chaqiruv olish uchun astoydil harakat qiladi. Ko'pchilik qatori milliy termamiz libosini kiyish mening ham orzum. Nasib qilsa, bir kun kelib niyatimga etaman. Sog'liq joyida bo'lib, mavsumni jarohatsiz o'tkazsam, gollar urib tursam, orzum ro'yobga chiqishiga ishonaman.

- Otangiz ilk muxlisingiz va shu bilan birga birinchi tanqidchi hamda tahlilchingiz bo'lsalar kerak?


- Otam nafaqat ilk muxlisim, balki birinchi murabbiyim hamdirlar. Ham hayotda, ham futbolda otamga o'xshashga harakat qilganman. Siz aytgandek, ular mening birinchi muxlisim va tanqidchimlar. Har bir uchrashuvdan so'ng o'yinimni tahlil qilib beradilar. Qaerda xatoga yo'l qo'ydim, qaysi vaziyatda noto'g'ri harakat qildim, hamma-hammasini aytadilar. Nafaqat aytadilar, balki keyinchalik bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga etibor berishimni ham uqtiradilar. Malum sabablar bilan o'yinimni ko'ra olmasalar, o'sha uchrashuv yozilgan diskni olib kelib bermaganumcha tinch qo'ymaydilar. Bir so'z bilan aytganda, o'rtamizda hamisha futbol muhokamasi, munozara va tahlili bo'lib kelgan.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика