So’nggi yangiliklar

10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  0 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  0 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  1 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  4 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  6 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  14 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  5 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  9

SHahboz Beg'amov: "Bavariya" va Anchelottining "Real"ga aytar "gapi" bor" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Bavariya" va Anchelottining "Real"ga aytar "gapi" bor"

Germaniya futbolini yoritib boruvchi jurnalist SHahboz Beg'amov ECHL chorak finalidan o'rin olgan bo'lajak uchrashuvlar xususida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bavariya" - "Real"

- Evropa chempionlar ligasining oxirgi to'rtta sovrinidan uchtasini ushbu jamoalar qo'lga kiritishgan. Bu jamoalar so'nggi besh yilda ikki martadan finalga qadar etib borishgan. Bu to'qnashuv so'zsiz finaldan oldingi final maqomiga mos tushadigan ajoyib o'yin bo'ladi. Bejizga ushbu statistika malumotlarni keltirib o'tmadim, chunki katta ehtimol bilan joriy mavsumda ham ushbu jamoalar bosh sovrin uchun asosiy davogar hisoblanishadi.

O'yin xususida gapiradigan bo'lsam, "Real"ni juda qiyin sinov kutmoqda. "Bavariya" so'nggi uch yillik "La Liga sindromi" yoxud Pepning taktik o'jarliklaridan aziyat chekaverib charchagandi. Har doim startni yuqori tempda boshlaydigan "Bavariya", mavsumning eng muhim pallasiga kelganda tezlikni qo'yib yuborar, avvalgi murabbiy balansni to'g'ri ushlay olmasdi. Karlo Anchelotti esa aksincha, jamoani aynan mavsumning shu qismiga tayyor holatda olib keldi. Gvardiola boshqargan davrda jamoa har safar yarim finalda Ispaniya jamoalaridan ("Real", "Barselona", "Atletiko") "tarsaki" eb qolaverishdi. Bu davr nihoyat tugadi. 2014 yili Myunxenda bo'lgan "triller"ni hali ko'pchilik unutmagani aniq. Ayniqsa "Bavariya" futbolchilari, xususan "Robberi". O'sha yili "Alyanc Arena"dagi o'yin Ramosning benefisiga aylanib ketgandi. Anchelotti esa hamkasbiga taktik yurish orqali o'ziga xos "master-klass" ko'rsatgandi. O'shanda Anchelottiga ko'maklashgan Zidan ham ulg'aydi va hozirda "Real" bosh murabbiyi. Bugun ustoz va shogird bir-biriga qarshi "dona" yuradi.

Ayni paytda "Bavariya"ning ishtahasi juda ochilgan va "Alyanc Arena"ga mehmon bo'layotgan har qanday raqibni "hurmatini" joyiga qo'yib, uyiga 4-5ta gol bilan qaytarib yubormoqda. Bu bahs esa germaniyaliklar uchun principial ahamiyatga ega. Xususan Anchelottining ham "Real"ga aytar "gapi" bor.

Tarkib borasida har ikkala jamoada ham yo'qotishlar mavjud. "Bavariya" o'yin sifati, tarkibdagi futbolchilarning sport formasi, murabbiy bo'yicha ham "Real"dan ustunlikka ega. Azal-azaldan "Real" uchun "Alyanc Arena"dagi uchrashuvlar juda qiyin kechgan. O'zaro o'yinlarda ham tarozi pallasi "Bavariya" tarafida.

"Real" hozir o'zining xarakteri bilan maqtana oladi. Ko'plab o'yinlarda ushbu jamoa iroda, matonat va xarakter ko'rsatishni uddasidan chiqdi. Ularning birgina yutug'lari shunda. Aksiga olib Ronaldu ham keyingi o'yinlarda panada qolib ketmoqda. Umuman joriy mavsum Ronaldu uchun muvaffaqiyatli o'tmayapti. "Bavariya"da esa Ronaldudan kuchliroq, foydaliroq ko'rinayotgan futbolchilar keragidan ortiq ko'p. Misol uchun Tyago Alkantaraning bir o'zi "Bavariya"ning o'yiniga yangicha ob-havo olib kirishga qodir. Hozirgi jamoaning o'yini ko'p jihatdan Alkantaraga bog'liq. Robben va Riberi tandemi "Robberi" nomi bilan mashhur. Bu ikki qarimaydigan vingerni to'xtatish juda qiyin. Riberi chap qanotdan yorib kirib, asosan sheriklarini golli uzatmalar bilan taminlab tursa, Robben ko'proq vaziyatlarga o'zi yakuniy nuqtani qo'yishni xush ko'radi. Buni yaxshigina eplaydi ham. "Real"dagi asosiy kamchilik bu himoya chizig'i. Jamoa ushbu mavsumda ECHLda hali biror marta "quruq" o'yin o'tkazmagani ham fikrimga tasdiq bo'ladi. Aynan raqibning ushbu ojiz nuqtasi "Bavariya"ga qo'l keladi. Myunxendagi uchrashuvda "Real" nimaning evaziga yaxshi natijaga erishishi mumkinligini Zidanning o'zi ham hali to'liq tushunib etmagan bo'lishi mumkin. Faqatgina omad bugun ular tomon yon bosmasa, boshqacha yo'l bilan "Bavariya" qarshiligini sindirish qiyin bo'ladi. Fikrimcha, bugun "Bavariya" uch yil avvalgi kecha uchun "Real"ga munosib "javob" qaytaradi.

Kuni kecha Vidal juda to'g'ri gapni aytdi: "Biz amaldagi g'olib bilan duch kelyapmiz. "Real" esa dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynaydi", deb. SHubhasiz ayni paytda "Bavariya" har jabhada dunyoning eng kuchli jamoasi bo'lib turibdi. Faqatgina buni amalda, maydonda yana bir nechta o'yin isbotlashi lozim.

Lekin futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Buni inkor etib bo'lmaydi.


"Atletiko" - "Lester"

- Diego Simeone jamoasiga qurada omad kulib boqdi. "Lester"ning o'tgan yili ko'rsatgan mo'jizaviy natijalari va joriy mavsumda ECHLda ham shu ergacha yo'qolib qolmagani uchun jamoaga har qancha qarsak chalsa arziydi. Lekin yarim finalga kuchli, tajribali va munosib jamoalar o'ynashi kerak. Nafaqat hozirgi "Lester", balki o'tgan yilgi Raneri jamoasi bo'lganda ham "Atletiko" to'sig'idan o'ta olmagan bo'lardi. "Atletiko" "Sevilya" singari "yuvosh" jamoa emas. Diego Simeone o'z qarmog'iga "Lester" tushib qolganidan mamnun bo'lsa bo'laveradi. "Lester" esa hali bu o'yinlarni, bu damlarni, ECHLdagi muhitni juda iliq xotiralar bilan eslaydi.


"Borussiya" - "Monako"

- Kecha o'tkazilishi kerak bo'lgan ushbu o'yin qoldirilgani ham bir tarafdan yaxshi bo'ldi. Barchasi yaxshilikka degani shuda. CHunki endi bugun Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadigan ushbu ajoyib spektaklni jonli tarzda ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu juftlikda barchasini gollar hal qiladi. Kim ko'proq gol ursa, o'sha jamoa yarim final eshigini ochadi. Nega unday deyapman? Bu jamoalar o'zlarining tezkor va fantastik hujumlari bilan maqtana olishadi. Tajovuzkor, hujumkor ruhda o'ynaydigan ikkita quvnoq jamoa. Dortmund "Monako"ga nisbatan tajribaliroq va ijrochilar borasida ustunroq ham. Ammo Jardim yoshlar bilan nimalar qila olishini amalda isbotladi. "Borussiya" va "Monako"ning kuchli tarafi hujum, eng asosiy kamchiligi himoya. Ko'p jihatdan bir-biriga o'xshash jamoalar to'qnashuvi albatta tomoshabop o'tishi kutilmoqda. Dortmundda 100% futbol ko'ramiz. Ilk bahs "Signal Iduna Park"da o'tishini va bu erdagi muhitni hisobga olsak, baribir ustunlik va tajriba mezbonlar tarafida. Ikkita yosh istedodli va iqtidorli futbolchilar Dembele hamda Mbappening to'qnashuvini kuzatish juda qiziq bo'ladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика