So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  1 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  4 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Sevinch mini futbol bo'yicha 13-marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi! Yangiliklar

Sevinch mini futbol bo'yicha 13-marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi!

Bugun mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati 3-bosqich uchrashuvlari davom ettirildi. Sevinch G'uzorning SHo'rtan Lady jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Kichik voha derbisi maqomiga ega uchrashuvda g'olib jamoa, mini futbol bo'yicha,  bu yilgi chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin edi. CHunki, Sevinch ham SHo'rtan Lady jamoasi ham hal qiluvchi bosqich uchrashuvlarining barchasida g'alaba qozonishgan edi.

Uchrashuv kutilganidek, jamoamiz ustunligida boshlandi va dastlabki 10 daqiqalikda futbolchilarimizdan Maftuna SHoyimova va SHodiya Toshevalar bir martadan g'uzorlik qizlar darvozasiga gol kiritishdi. Bu gollarga SHoira Qulturaeva 11-daqiqada javob yo'llashga muyassar bo'ldi – 2:1. Oradan ikki daqiqa o'tib, tajribali futbolchimiz Kamola Riskieva oradagi hisobni 3:1ga o'zgartirdi. SHu hisob bilan birinchi bo'lim yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda ham futbolchilarimiz tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turishdi. Himoyaga katta etibor qaratib, asosan to'pni nazorat qilishdi. O'yin shunday davom etayotgan bir paytda, tezkor tashkil etilgan hujum gol bilan yakunlandi. Bu golga Ilvina Ablyakimova mualliflik qildi – 4:1.

Bu hisob deyarli o'yin taqdirini hal qilgan edi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz asosiy etiborini himoyaga qaratishdi. O'yin teng kurashlar ostida yakuniga etdi.

SHunday qilib, Sevinch muddatidan avval, mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Bunday deyishimizga sabab, ertaga chempionatning so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Albatta bu chempionlik osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q. Vladislav Xan boshchiligidagi murabbiylarimizning katta mehnati va harakatlari bu yutuqning asosiy omilidir.

Ertaga chempionatning kumush medal egalari aniqlanadi. Bunga asosiy davogarlar, G'uzorning SHo'rtan Lady hamda  Toshkentning TATU jamoalaridir. Bu ikki jamoa ertaga o'zaro bahs yuritadi.

Jamoamiz chempionatning so'nggi uchrashuvini, ertaga Toshkentning Yuz rabot jamoasi bilan o'tkazadi.


Mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati, 3-bosqich, 4-tur

Sevinch (Qarshi) – SHo'rtan Lady (G'uzor) 4:1 (3:1)

19.03.2017. Toshkent sh., Yoshlik s/a

Hakamlar:
Kristina Sereda, Zilola Rahmatova, Lyudmila Geyger, Marjona Rahmatqulova.

Gollar:  Maftuna SHoyimova, 8′-1:0, SHodiya Tosheva, 8′-2:0, Kamola Riskieva, 13′-3:1,  Ilvina Ablyakimova, 25′-4:1 – SHoira Qulturaeva, 11′-2:1.

Sevinch: 1.Laylo  Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskieva (s), 17.Tanzila Zarbieva, 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.SHaxnoza Qurbonova, 25.Maftuna SHoyimova, 20.Maftuna Panjieva, 27.SHodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxanova, 72.Nilufar Qudratova, 19.Oliya Axmedova.

SHo'rtan Lady: 22.Sarvinoz Ergasheva, 11.Fazilat Bahramova, 6.Zebo Jo'raeva (s), 19.Dildora Ergasheva, 18.SHoira Qulturaeva, 7.Uldona To'xtaeva, 3.Yulduz SHodieva, 2.Muxlisa Mirzayorova, 29.Jesika Kruchinina, 1.Zarina Saidova.

Follar: 1-bo'lim – 1:1, 2-bo'lim – 3:1


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика