"Sevilya" yarim himoyachisi Vitolo Primeroning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
02 apr 2015 12:12
Yangiliklar


"Sevilya" yarim himoyachisi Vitolo Primeroning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
Ispaniya futbol ligasi (LFP) rasmiy saytining xabar berishicha, "Sevilya" yarim himoyachisi Vitolo Primeroning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Futbolchi martdagi uchta uchrashuvda 3ta gol urdi. Bundan tashqari, Vitolo Ispaniya terma jamoasining martdagi o'yinlariga chaqirildi.
Ispaniya chempionati mart oyining ramziy terma jamoasidan quyidagi futbolchilar kiritildi:
Xeronimo Ruli (Real Sosedad); Oskar de Markos (Atletik), Xerard Pike (Barselona), Nikolas Otamendi (Valensiya), Marselo (Real); Serxio Kanales (Real Sosedad), Visente Iborra (Sevilya), Vitolo (Sevilya); Lionel Messi (Barselona), Aric Aduris (Atletik), Alberto Bueno (Rayo Valekano).

Fikrlar