“Sevilya” Ruseskuni “Braga”ga ijaraga beradi
24 dek 2013 11:55
Yangiliklar


“Sevilya” Ruseskuni “Braga”ga ijaraga beradi
“Sevilya” klubi hujumchisi Raul Rusesku, qishki transferlar oynasi mobaynida, faoliyatini “Braga”da davom ettirishi mumkin.
Portugaliya klubi 25 yoshli ruminiyalik o'yinchini keyinchalik 3 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishga yaqin turibdi, deb xabar beradi Inside Spanish Football.
Mavsum oralig'ida “Sevilya”, o'tgan mauvsum Ruminiyaning eng yaxshi to'purari bo'lgan Ruseskuni 2.2 million evroga sotib olgan edi, ammo u raqobatni Karlos Bakke va Kevin Gameyroga boy berib qo'ydi.
Ushbu mavsumda Rusesku Ispaniya chempionatida faqatgina bitta o'yinda maydonga tushgan, lekin hech qanday natija qayd etmagan.

Fikrlar