Server Jeparov: Xorijdan murabbiy olib kelinishini yoqlayman
10 okt 2013 14:16
Yangiliklar
Server Jeparov: Xorijdan murabbiy olib kelinishini yoqlayman
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2014ga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ololmagani, pley-off bosqichidagi omadsizligi hali uzoq vaqt eslanadi, mutaxassislar, futbol ishqibozlari tomonidan atroflicha muhokama qilinadi.
Yo'l qo'yilgan kamchiliklar, xatolar, ularning aybdorlari haqida gapiriladi. Endi bu haqda yozaverish foydasiz bo'lsada, lekin kerak. Bejiz aytishmaydi-ku: Moziyga qarab ish ko'rmoq xayrli. Faqat, bu holatda qanday xulosa chiqarish muhim hisoblanadi. Milliy jamoamiz sardori Server Jeparov pley-offdagi alamli mag'lubiyatdan so'ng ilk bora matbuot orqali chiqish qilishga qaror qildi. Xo'sh, u muxlislarga nima demoqchi?
- Server, milliy termamizning JCH-2014 saralash bosqichidagi umumiy ishtirokini hech bo'lmaganda, o'zingiz uchun tahlil qilib chiqdingizmi?
- Albatta. Busiz iloji yo'q. Biz uchun alamli xotima topgan saralash o'yinlarini tahlil qilib, qaerda xatoliklarga yo'l qo'ydik, uning aybdorlari kim, umuman, shu kabi savollar yuzasidan o'ziga yarasha xulosalar chiqardim. O'zi tanqid qilish va birovlarning ishidan xato topishdan osoni yo'q. Biz ochko olishimizga shubha qilinmagan o'yinlarda maqsadimizga erisholmadik. Eron bilan Toshkentda o'tgan uchrashuvni oling. O'sha o'yin oldidan biz emas, aksincha, eronliklar uchrashuv favoriti sanalayotgandilar. Lekin hamma maydonda buning aksiga guvoh bo'ldi. Terma jamoamiz kuchli o'yin namoyish etdi, 90 daqiqa davomida ustunlikni qo'ldan chiqarmadi. To'pni nazorat qilish bo'yicha statistika ham biz tomonda bo'ldi. Mehmonlar deyarli hech narsa qila olishmadi, xullas. Futbolchilari qaerga yugurishni ham bilishmasdi. O'sha, yakuniy natijasi o'yinga mos kelmagan uchrashuvni ming afsuski, etakchi futbolchilarimiz qatori diskvalifikaciya sabab tribunada kuzatishga majbur bo'lgandim. Butun o'yin davomida ko'plab golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keltirildi. Bir holatda 100 foiz toza golimizni hisobga olishmadi. Bu safar ham yaponiyalik hakamlar oyog'imizga bolta urishdi. Oldinroq ham ular qovun tushirib, bizning zararimizga ishlashgandi. O'ylab qolaman, nima uchun har gal biz jabrdiyda rolida bo'lishimiz kerak? Keyin futbolda omad tushunchasi ham bor-da. Afsuski, aynan shu narsa bizga etishmadi. Yo'qsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada birgina qarshi hujumdan gol qo'yib yuborarmidik? Hech bir ikkilanishsiz aytishim mumkin, Eron omad tufayligina Toshkentdan 3 ochko olib ketgandi. Livan bilan o'yinni izohsiz qoldiraman. Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvda esa, haqqoniy tarzda ochko qo'lga kiritildi, deb o'ylayman. To'g'ri, o'sha o'yinda mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi.
- Eron bilan o'yinning ertasiga terma jamoada bosh murabbiy o'zgardi: Vadim Abramov istefoga chiqarildi. O'sha zahoti bu qarorga terma jamoa futbolchilari munosabat bildirishga ham ulgurishdi. Jamoamizning ayrim etakchilari O'FFga norozilik akciyasi sifatida shikoyat xati ham yozishgan ekan. Aytishlaricha, ular orasida siz ham bo'lgansiz. SHu rostmi?
- Bosh murabbiyning istefoga chiqarilishi barcha futbolchilar uchun kutilmagan voqelik bo'lgandi. Biz Vadim Karlenovich bilan 2010 yildan buyon birga ishlab kelayotgandik. Bu mutaxassis terma jamoamizni Osiyo kubogi-2011ga munosib tayyorladi. O'ziga xos xarakter va uslubga ega mutaxassis. Qisqa muddat ichida o'z qarashlari va o'yin uslubini terma jamoamizga tatbiq eta oldi. Buni Osiyo chempionatida qayd etilgan natija ham tasdiqlab turibdi. Futbolimiz tarixida ilk bor qitaning kuchli 4ta jamoasi safidan joy oldik. Endi bo'lib o'tgan voqelikka kelsak, ha, tan olaman, men jamoa sardori sifatida O'FFga bordim. Lekin bu yigitlarning umumiy qarori edi. 3 yil mobaynida murabbiyga o'rganib qolgandik. Abramov bilan bu tarzda osongina xayrlashishni hazm qilolmadik. Bu biz uchun g'oyat og'ir holat edi. Karlenovich jangovar ruhdagi jamoani shakllantirgandi, axir. Oddiy misol keltiraman: asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisiz Osiyoning amaldagi chempioni - Yaponiyani mehmonda yutish oddiy narsa emas.
- Burgaga achchiqqilib, ko'rpani kuydirish yaxshi emas. Bosh murabbiy istefosiga o'ziga xos tarzda javob berish maqsadida Bayrutda Livanga qarshi bahsda to'liq kuch bilan o'ynamadinglar, go'yo. Vaholanki, o'sha uchrashuvda biz mezbonlardan yaqqol ustun edik, g'alaba qozonishimizga hech kim shubha qilmagandi.
- To'liq kuch bilan o'ynamaganlik aybloviga aslo qo'shilmayman. Milliy jamoa libosida, Vatan shani uchun maydonga tushganda, qanday qilib yuz foiz kuch bilan o'ynamaslik mumkin? SHunchaki, hamisha ham o'ylagan narsalarimiz amalga oshavermaydi.
- Guruhning so'nggi turida Toshkentda Qatarni qabul qildik. Janubiy Koreya esa g'ayrioddiy holatda o'z muxlislari ko'z o'ngida Eronga yutqazib qo'ydi. Bu o'yin sizga shubhali tuyulmadimi?
- Albatta, barchamiz koreys jamoasining g'alabasini kutgandik va bunga shubha qilmagandik. Men Koreya - Eron o'yinini bir emas, ikki marta ko'rib chiqdim. Butun o'yin davomida mehmonlar maydonda 11 kishi bo'lib himoyalanishdi. Ular faqat koreyslarning xato qilishlarini kutishgandi. O'sha bitta xatoni eronliklar kechirishmadi. SHubhaga kelsak, hech qanday isbot va dalilsiz ayblov qo'yish o'rinli emas.
- To'g'ridan-to'g'ri beriladigan chiptani qo'lga kiritolmaganimizdan so'ng pley-off bosqichi orqali orzumizni ro'yobga chiqarishga urinib ko'rdik. Ochig'i, Iordaniya to'sig'idan o'tolmaganimizni haligacha hazm qilolmayapmiz. Futbolchilarda ham shunday holat yuz beryaptimi?
- Raqibni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini juda yaxshi bilardik. Afsus...
- Ammondagi o'yinning yarmini ko'rsatganinglarda ham Toshkentda Iordaniyani osonlikcha mag'lub etishimiz muqarrar edi. Ijobiy natija qayd etish uchun sizlarga nima xalal berdi?
- Aytganingizdek, ilk uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart edi. O'yin bo'yicha raqibni mag'lubiyatga uchratdik. Lekin bu yakuniy natijada aks etmadi. Toshkentdagi o'yinda esa mehmonlar munosib tarzda qarshilik ko'rsatishdi. Bazi holatlarda bizdan yaxshiroq ham o'ynashdi. Endi penalti - bu hamisha lotereya. Ochig'i, nima deyishni ham bilmayman. CHunki ish penaltilar seriyasigacha etib borishini hech kim kutmagandi. O'yinning asosiy vaqtida barcha masalani hal qilamiz, deb o'ylagandik.
- O'yin davomida ko'plab standart vaziyatlardan unumli foydalanolmadik. 16ta burchak to'pidan loaqal 2tasini golga aylantirish kerak edi. Buni qanday izohlaysiz?
- Bu borada juda ko'p gapirish, muhokama qilish, aybdorlarni izlash mumkin. Mening shaxsiy fikrim, barchamiz aybdormiz.
- Jamoada sizdan tashqari, jarima zarbalari va ayniqsa, burchak to'plarini kimlar tepishadi o'zi?
- Odatda Jasur Hasanov va Aleksandr Geynrix...
- Mutaxassislar Toshkentdagi omadsiz o'yinda legionerlar, ayniqsa, terma jamoa etakchilarini xarakter ko'rsatolmaganlikda ayblashmoqda. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Nima uchun so'nggi o'yinga qarab, umumiy xulosa chiqarishayotganini tushunolmayapman. Keling, saralashning qolgan o'yinlarini ham tahlil qilib chiqamiz. Aynan legioner futbolchi Eronga qarshi safar uchrashuvida gol urdi. O'sha vaziyatda to'pni uzatib bergan futbolchi ham legioner edi. Qatar bilan Doxada bo'lib o'tgan o'yinda Tursunov yagona golga mualliflik qildi. O'shanda Sanjar Rossiya klubida o'ynayotgandi. Toshkentda Livan va Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda ham legionerlar katta sahnaga chiqishdi. Qatar bilan bo'lib o'tgan guruhning so'nggi o'yinida ham xorij klublarida to'p surayotgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi. Bitta o'yin bilan umumiy ishtirokka baho berish to'g'ri emas, deb o'ylayman.
- JCH-2014 saralashi terma jamoamizning bazi etakchi futbolchilari uchun so'nggi imkoniyat edi.
- Afsuski, shunday. Bu JCH saralash bosqichlaridagi eng sermahsul ishtirokimiz bo'ldi. Mundialga bunchalik yaqin kelmagandik. Qandaydir bitta gol sabab orzularning chilparchin bo'lishi juda alamli. Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri chiqolmaganimizdan so'ng pley-off orqali orzumizni ro'yobga chiqaramiz, deb o'ylagandik. Afsuski...
- Milliy jamoa bilan bog'liq endigi rejalaringiz qanday?
- Yo'l qo'yilgan xatolardan xulosa chiqargan holda 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan JCHga tayyorgarlik ko'ramiz. Terma jamoamiz bilan birga Rossiyaga borishga harakat qilaman.
- Oldinda Osiyo kubogi-2015ning saralash o'yinlari turibdi. O'tkazilgan ikki o'yindan so'ng guruhda bir ochko bilan o'zimizga xos bo'lmagan 3-pog'onada boryapmiz. Buni qanday hazm qilyapsizlar?
- Bor etiborimiz JCHga qaratilgani bois Osiyo kubogiga ikkinchi darajada qarayotgandik. Endi vaziyatni o'zgartirish uchun bor kuchni safarbar etamiz. Osiyo chempioni bo'lishni maqsad qilganmiz. Ammo buning uchun birinchi galda, o'sha qita chempionati final bosqichiga chiqib olishimiz kerak.
- Yangi yilda milliy jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlanar ekan. SHaxsan sizga bu o'zgarish qanchalik ahamiyat kasb etadi?
- Futbolchilar murabbiyni tanlash huquqiga ega emaslar.
- Unda aytingchi, xorijlik murabbiy qo'l ostida o'ynash yaxshimi yoki mahalliy mutaxassis bilan ishlash engilroq?
- Menga qolsa, xorijdan murabbiy olib kelishlarini yoqlayman.
- Omadsizlik azobidan hamon qiynalayotgan ishqibozlarimizga aytar so'zlaringiz bormi...?
- Jahon chempionatiga chiqish uchun shunday qulay imkoniyat qo'ldan boy berilganini haligacha unutolmayapman. Bu qalbimda chuqur jarohat qoldirdi. O'z o'rnida futbol ishqibozlari, 30 millionlik O'zbekiston xalqidan milliy terma jamoa futbolchilari va shaxsan o'z nomimdan uzr so'rayman. Ularni xursand qilolmadik. Ishoninglar, biz Braziliyaga borishni juda-juda istagandik. Bor kuchimiz bilan oxirigacha harakat qildik. Bu masalada vijdonimiz pok. Lekin barchasi biz o'ylagandek bo'lib chiqmadi...
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar