So’nggi yangiliklar

22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4

Server Jeparov: "Futbolchilar hakam bilan tortishmasdan birinchi o'rinda o'z ishlarini qilishlari kerak" Yangiliklar

Server Jeparov: "Futbolchilar hakam bilan tortishmasdan birinchi o'rinda o'z ishlarini qilishlari kerak"

"Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov "Qo'qon-1912"ga (0:0) qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"O'yin ancha qiziqarli ruhda o'tdi, deb hisoblayman. Ikki jamoada ham etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Gol urish nasib qilmadi. Birinchi bo'limda ustunlik jamoamiz tomonida edi. Agarda hisobni ochib olganimizda o'yin boshqacha kechishi hech gapmasdi. Ammo bu - futbol. Ikkinchi bo'lim umuman boshqa ritmda kechdi. Uchrashuvning dastlabki qismida futbolchilar ko'p energiya sarflashdi. Ikkinchi qismidagi o'yinni yana ko'rib chiqamiz",- deydi Server Jeparov. 

- O'z vaqtida terma jamoada o'ynagansiz. Bugungi kunda Superligada Toshkentdan 4ta klub qatnashadi. Poytaxtda tomoshabinlar kam. Nima deb o'ylaysiz, viloyatlarga etiborni oshirgan yaxshi emasmi? 

- Savolingiz yaxshi. Buning uchun etibor beradigan ko'p omillar bor. Infratuzilma va yana ko'plab jihatlarga qarash kerak. Stadionlar talabga javob berishi lozim. Masalan, "Qo'qon-1912" nima uchun Yaypanda o'ynayapti? CHunki stadion talab doirasida emas. Birinchi o'rinda yaxshi infratuzilma zarur. Superliganing talablari mavjud. Biz o'z vaqtida Nukusda to'p tepganmiz. Qanday maydonlarda o'ynaganmiz. Tomoshabop futbol uchun shunga yarasha chiroyli maydon kerak. Muxlislarga qulayliklar yaratilishi darkor. Deylik, "Bunyodkor" stadionining istalgan nuqtasida o'yinni kuzatish mumkin. SHunday bo'lsa, albatta muxlislar stadionlarga qaytadi. 

- Jasur Jaloliddinov bugun qizil kartochka oldi. O'tgan o'yinda ham ko'p bahslashgandi... 

- Jasur o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan futbolchi. Uni tushunaman. CHunki o'z vaqtida men ham shunday futbolchi bo'lganman. O'yindan keyin biroz vaqt o'tib gaplashib olamiz. Futbol jamoaviy o'yin. Qizil kartochkani hakam bilan tortishgani uchun berdi deyishdi. Avvalroq kiyinish xonasida futbolchilarga hakam bilan ziddiyatga bormaslikni tushuntirgandik. Hakamlarni ko'rib chiqadigan komissiya bor. Futbolchilar birinchi o'rinda o'z ishini qilishi kerak. Hamma yosh futbolchilarga maslahatim shuki, birinchi navbatda o'z jamoangizni o'ylang. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика