So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

Server Jeparov CAFA U-15 musobaqasi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi Yangiliklar

Server Jeparov CAFA U-15 musobaqasi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

CAFA U-15 turnirining birinchi tur uchrashuvlari oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

Turnir haqidagi fikrlaringiz qanday?

— Birinchi galda men turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni aytib o'tmoqchiman. CHunki ushbu musobaqa hammamiz uchun keyingi yirik turnirlar uchun tayyorgarlik vazifasini ham o'tab beradi. Jamoamizning tayyorgarligiga kelsak, bizda — Yangi O'zbekistonda bolalarga, yoshlarga etibor har galgidan kuchaygan. Ayniqsa, futbolga qiziqadigan o'smirlarga yondashuv ham yangi darajaga ko'tarilmoqda. O'ylashimcha, qolgan jamoalarda ham xuddi shunday rivojlanish jarayoni ketmoqda. Umuman olganda, mana shu turnir barcha uchun har tomonlama foydali bo'ladi.


Musobaqa uchun oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz? 

— Oldimizga qo'yilgan vazifalar haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi galda yoshlarimizning imkoniyatlarini ko'rib, chamalab olishimiz kerak. Maqsadimiz ularning rasmiy uchrashuvlardagi harakatlarini tahlil qilish hamda ulardan nima kutayotganimizni uqtirish va tushuntirishdan iborat. 


Qaysi jamoani o'zingiz uchun yaqqol raqib sifatida ko'rsatgan bo'lardingiz?

— Hozirda qaysidir jamoani o'zimiz uchun asosiy raqib sifatida ko'rsata olmayman, chunki, o'zingiz ham bilasiz, Covid-19 sababli hamma jamoalar o'z darajasini ko'rsata olmayapti. Musobaqalar masalasida tanaffus ham o'z tasirini ko'rsatgan. SHu sababli, aynan qaysidir jamoani mana shu bizning haqiqiy raqibimiz, deb ayta olmayman. Hammada kuch bor, o'ylashimcha, turnirda to'rtala jamoa ham o'z so'zini ayta oladi.  


Barcha jamoalarga omad tilayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика