Serj Gnabri raqamini o'zgartirdi

1 sen 2020, 09:35
Endi u Frank Riberining raqamida o'ynaydi.

“Bavariya”ning hujumkor vingeri Serj Gnabri yangi mavsum oldidan o'zining raqamini almashtirdi. Endi futbolchi 22-raqamda emas, balki 7-raqamda to'p tepadi. Avvalroq ushbu raqamda Frank Riberi harakatlanar edi.

“Frank - haqiqiy afsona. Uning raqamida to'p tepishdan baxtiyorman. Bu men uchun qo'shimcha motivatsiya”, - deydi Gnabri.


O'xshash yangiliklar


Manba: “Бавария” расмий сайти