Sergey Lushchan: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"
24 fev 2016 03:06
Yangiliklar


Sergey Lushchan: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"
"Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushchan qatnashdi.
- Bugun "Al Nasr"ga qarshi ajabtovur o'yin bo'ldi. Bu uchrashuvni men
vaziyatlarni boy bergan bahs degan bo'lardim. Gollar urdik. Yana vaziyatlar
bo'ldi, yana gol urishimiz kerak edi. SHunda raqib tuliq taslim bo'lardi.
O'zimizning 3ta xatoimiz tufayli 3ta gol o'tkazdik. Kecha aytganimdek, har
ikkala jamoa muxlislari uchun qiziqarli o'yin bo'ldi, - deydi murabbiy.
- "Al Nasr"ning eng bo'sh nuqtasi deb qaysi chiziqni ayta olasiz?
- Himoya. Ularning bo'sh joyi shu ekanligini bilib, bugun hujumkor o'yin namoyish etdik. O'z shogirdlarim bilan faxrlanaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar