Sergey Lushan: "Maydonda faqat "Bunyodkor" futbol o'ynadi"
29 may 2018 23:37
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Maydonda faqat "Bunyodkor" futbol o'ynadi"
- O'yin haqida? Maydonda bugun faqat birgina jamoa - "Bunyodkor" futbol o'ynadi. Ular o'zlari bilan o'zlari futbol o'ynashdi va haqli ravishda 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. "So'g'diyona"ning himoyada ham, hujumda ham umuman o'yini chiqmadi. Bu nima bilan bog'liq? Jamoaning ruhiyati bilan bog'liq masala shekilli.
Nega bugun himoyaviy uslubni tanladim? SHunchaki 5 himoyachi bilan o'ynashni istadim. Men ko'rmoqchi va qurmoqchi bo'layotgan futbol shunday. Men futbolni shunday ko'rayapman.
SHuningdek "So'g'diyona" sardori Dilmurod Karimov ham o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Dilmurod Karimov: "Juda qiyin o'yin bo'ldi. Birgina xatodan raqib gol urdi. Buyog'iga endi bor etiborimizni chempionatga qaratamiz".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar