Sergey Lushan: "6 ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
15 okt 2016 19:16
Yangiliklar
Sergey Lushan: "6 ochkolik o'yinda g'alaba qozondik"
Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
- O'yin yomon kechmadi. Uchrashuv muxlislarbop o'tdi. Bu o'yin 3 emas, balki 6 ochkolik bo'ldi. "Nasaf" biz uchun principial raqib sanaladi. Hisob haqqoniy bo'ldi, deb hisoblayman. Jamoamning barcha futbolchilarining harakatlaridan qoniqdim. Ular men bergan barcha ko'rsatmalarni to'liq amalga oshirishdi. Jamoamiz himoyachilari bugun ishonchli to'p surishdi. "Nasaf" ham gol urishi mumkin edi. Principial raqib ustidan qozonilgan g'alaba ikki hissa yoqimli.
"Bunyodkor" chempionatda ham, kubok bahslarida ham o'z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo'yadi. SHu bois barcha o'yinlarda g'alabani ko'zlab o'ynaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar