Sergey Lushan: “Bunyodkor”dagi eng qiyin va og'ir o'yinimni o'tkazdim
26 iyu 2014 23:14
Yangiliklar
Sergey Lushan: “Bunyodkor”dagi eng qiyin va og'ir o'yinimni o'tkazdim
“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi qatnashdi.
- “Bunyodkor”da o'tkazgan beshta o'yinimni olib qarasak, eng qiyin va og'ir bahs bo'ldi. Raqibni durang qoniqtirardi. SHu boisdan ham raqib orqa chiziqqa etibor berib o'ynadi. Ularni o'zimizga jalb etgan holda, o'zimiz vaziyat yaratishga harakat qildik. Markazda yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Endi javob o'yini haqida bosh qotiramiz. Bugungi o'yinni tahlil qilib, kerakli xulosalarga kelamiz. Meni xursand qilgan jihat shuki, oxirgi daqiqada gol urdik va g'alaba qozondik. Bungacha oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborayotgandik. Futbolchilar pressing futbolga hali tayyor emaslar. SHu boisdan ham imkoniyatdan kelib chiqib o'ynayapmiz. Bosqichma-bosqich o'zimiz istagan jamoani tuzamiz, - deydi Sergey Ivanovich.
Fikrlar