Sergey Dacenko: "Abduraimovning qo'l ostida avval ham o'ynaganman"
05 mar 2014 20:57
Yangiliklar
Sergey Dacenko: "Abduraimovning qo'l ostida avval ham o'ynaganman"
Joriy mavsumda “Andijon” jamoamitz sharafini uch nafar himoya qiladigan bo'ldi.
Bu legionerlar orasida Sergey Dacenkoni yurtimizga birinchi tashrifi emas. Dacenko 2010 yilda Samarqandning “Dinamo” klubida aynan Azamat Abduraimovni qo'l ostida to'p surganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak. Malum muddatli tanaffusdan so'ng ukrainalik himoyachi faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettiradigan bo'ldi. Futbolchi “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Toshkentdagi yig'in chog'ida Dacenko bilan suhbatlashib o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob olgandik.
- Sizni o'z vaqtida Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'ynaganingizni bilamiz. Oradan bir necha yil o'tib yana O'zbekistonga keldingiz. Aytingchi, bu qanday yuz berdi?
- “Poltava” klubidan ketganimdan so'ng erkin o'yinchiga aylangandim. “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Azamat Birodarovich bilan yaxshi tanish edim. Uning qo'l ostida 2010 yili Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'ynaganman. Aynan Abduraimovning taklifiga ko'ra “Andijon”ga keldim.
- Bu tanlashingiz mumkin bo'lgan so'nggi variantmidi?
- Ukraina klublaridan takliflarni ko'rib chiqishim mumkin edi. Ammo hozirgi vaziyat bunga yo'l qo'ymagani uchun o'zimga xorijdan jamoa izlashgan tushdim. Bu orada menga o'zim uchun yaxshi tanish bo'lgan O'zbekistondan taklif tushdi. Yurtingizni yaxshi bilganim uchun o'ylanmasdan kelishga qaror qildim. Bundan tashqari o'zimni yana O'zbekiston chempionatida sinab ko'rishni xohladim.
- Yangi jamoada sizni qanday qabul qilishdi?
- “Andijon” yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Futbolchilarning ham birg'biriga munosabati yomon emas. Lekin tarkibga qo'shilganimga endi ikki kun bo'ldi. SHuning uchun yangi jamoam to'g'risida hali etarlicha tasavvurga ega emasman. Yangi muhitga ko'nikish uchun baribir biroz vaqt kerak bo'ladi.
- “Dinamo”dan ketganingizdan beri Abduraimov bilan aloqani saqlab qolganmidingiz?
- Muntazam ravishda gaplashardik deya olmayman. “Poltava”dan ketganimdan so'ng o'zimga jamoa qidira boshladim va shu orqali Abduraimov bilan yana aloqa o'rnatildi.
- Samarqandning “Dinamo” jamoasidagi faoliyatingizda qanday xotiralar qolgan?
- Bu jamoa bilan bog'liq yaxshi xotiralarim bor. To'g'ri, Samarqandda atigi yarim mavsum to'p surganman xolos. Ammo o'shanda “Dinamo”da ikkinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmagandik. O'ylaymanki, “Andijon”da bunday holatlar takrorlanmaydi va muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.
- “Andijon” safiga qo'shilib biror-bir tanishingizni uchratmadingizmi?
- Yo'q, jamoadagi futbolchilarning hech biri bilan ilgari tanish bo'lmaganman. O'zbekistonda tanishlarim ko'p emas. Hamyurtim Andrey Derkachni aytishim mumkin. U bilan “Poltava”da birga o'ynaganmiz. Hozirda Derkachni “Mashal”da ekanligini bilaman. Bundan tashqari “Andijon” tarkibiga qo'shilgan yana bir futbolchi Viktor Raskov bilan esa shu erga kelib tanishdim.
- O'tgan uch yildan beri chempionatimizni kuzatib borarmidingiz?
- Albatta, internet orqali O'zbekiston chempionatidagi malumotlarni kuzatardim. Men o'ynagandan beri chempionatingiz saviyasi qay darajada o'sganligi to'g'risida ayni damda bir nima deyishim mushkul. Agar nazoratlar o'yinlarida maydonga tushsam, shundan so'ng biror-bir fikr aytishim mumkin. Qolaversa, 15 mart kuni chempionat bahslari boshlanadi. Agar “Andijon”da qoladigan bo'lsam hammasiga guvoh bo'laman.
- SHu kungacha faoliyatingizning asosiy qismi Ukrainada o'tgan. SHundaymi?
- Bundan 5-6 yil avval Moldaviyaning “Zimbru” klubida ham o'ynaganman. Vatanimda esa “Poltava” klubida uch yil faoliyat olib bordim. Bu jamoada yaxshi damlarni o'tkazdim. SHuningdek, “Gelios” (Xarkov), CSKA (Kiev) va “Dinamog'2” (Kiev) jamoalarida ham to'p surganman. Joriy mavsumni esa O'zbekistonda o'tkazish niyatim bor. Buning uchun “Andijon”da o'zimni ko'rsatishga va yana Azamat Abduraimov boshchiligida o'ynashga harakat qilaman.

Fikrlar