So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

Sergeev... Yangiliklar

Sergeev...

U yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatining eng yaxshi hujumchisi bo'lganida barchamiz qarsak chaldik.

So'ngra "Paxtakor" asosiy tarkibidan joy oldi va tez orada yana qarsaklar og'ushida qoldi. Barchasi yaxshi ketayotgan bir paytda Xitoyga ketdi... Undan keyin nima bo'lganini barchangiz yaxshi bilasiz. Katta bosim ostida qoldi.

Sergeev bilan olimpiya terma jamoamiz Qatarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin chiqishmay qoldim. CHunki o'sha o'yindan keyin qattiq tanqid qilib chiqqandim. Muvaffaqiyatsizlik ortidan muvaffaqiyatsizlik davom etdi.

Lekin uni bugun terma jamoaga Babayan chaqirmadi! Uni biz katta natija kutayotgan Kuper chaqirdi. Kecha unga to'p kelishi bilan bo'lgan hushtakbozlik, "uvullash"lar... Yaxshiyamki Karius o'zbekistonlik emas. "Liverpul"dan ketishidan oldingi o'yinida muxlislar uni qanday qarsaklar bilan kutib olganini ko'rdingizmi? Agar uning o'rnida boshqa darvozabon bo'lganida balki ECHL kubogi bugun "Liverpul" muzeyida turgan bo'lardi.

Sergeev shu 11 nafar futbolchidan biri xolos. Bir narsani tan oladigan paytimiz kelgan, bizning terma jamoa o'rtamiyonaga aylanib bo'ldi. O'smirlarimiz Afg'oniston, Vetnam kabi jamoalarni yuta olmayaptilar. Yaponiya hech qachon bizni bu yoshda yirik xisobda mag'lubiyatga uchratmasdi. Hozir-chi? OCHLda guruhdan chiqa olyapmizmi? Qanchalik og'ir bo'lmasin bu - fakt! Bu bir kunda bo'lgani yo'q, davom etyapti.

Kecha faqat Sergeev uynay olmadimi? U emas o'zini MTJga urayotgan. Geynrix, Tojiev, Solievlarni unuting. SHackix, SHkvirinlarni aytmayman. Paytida oliy ligada gollarni qalashtirib tashlagan Mirxoldirshoev, Xolmurodov va Berdiev saviyasidagi futbolchilar uchun MTJ orzu bo'lib qolgandi. Xozir ular saviyasidagi o'yinchi yo'q bizda.

Sergeevni MTJda yo'q deb hisoblaylik. Bikmaev 32 yoshda va Abduxoliqov kolyapti. Nagaevni ham ko'rdik. Ravshan Haydarov jamoasida ham yo'q MTJ saviyasidagi xujumchi. Masalan, men xujumchi deganda hech yo'g'i 3ta o'yinda bitta gol uradigan futbolchini tushunaman yoki golli pas beradigan.

Mening fikrimcha, Sergeev o'ziga kelib olmagunicha terma jamoaga chaqirmay turish kerak. CHaqirilganda esa bir marotaba qo'llab-quvvatlab ko'ringlar. U gol urishni biladigan xujumchi edi. Paxtakordagi statistikasi chakki emasligini ko'rganmiz. Oyog'iga to'p tegmasdan 10 minglab ishqiboz hushtak chalsa bosim albatta bo'ladi.

Men Lobanov yoki Andreevning yonini olmayapman. Ularning o'rnida yaxshi o'yinchilar ko'p. Lekin yaxshilab qarasak, bizda hujumchi qolmaganini ko'ramiz. Bu zaxira bilan JCH saralash bahslarida muvaffaqiyat qozonish uchun bizga omad ziyon qilmasdi. Xuddi shunday Ahmedov haqida fikrdaman. Rashidovning o'ziga kelayotgani xursand qildi. Oxir-oqibat to'pni yo'qotgan futbolchi uni qaytarib olish uchun harakat qilishni tushunib etgani quvontirdi kishini.

Ahmedovni paslarini, to'p undaligida ochilishni eplay olmayotgan uyinchilarimizda ham ayb yo'q. CHunki ularga nima o'rgatilgan bo'lsa yillar davomida shuni bajarishyapti. Hech qachon hech kim o'z saviyasidan bir kalla sakray olmaydi, bir-ikki marta o'xshab qolmasa. Yoshlikda beriladigan bilimni 25 yoshda bera olmaysiz. Bu hayot qonuni. PRO licenziyasi bor murabbiylarimizning ikki nafari Evropa PROsi imtihonidan o'ta olmaydi, terma jamoa futbolchilaridan nima kutamiz? Jeparov, Xaydarov, Kapadze, Geynrixlarni hali ko'p eslaymiz. Agar shuncha yil davomida tuzuk futbolchi chiqqanida faoliyatini tugatishni niyat kilib turgan Haydarovni yana terma jamoaga chaqirarmidik?

O'zingizga bir savol bering, 90-yillar oxiri 2012 yillargacha deyarli har bir jamoada muxlis sevgan futbolchisi bo'lardi. Bugun-chi? 10 yildan keyin bundan-da badtar bo'lmasligi uchun ham tizim ishlab chiqmasak bo'lmaydi. Tizimni 12-14 yoshli futbolchilardan boshlamasak Vetnamni yutsak xursand bo'ladigan saviyaga tushib qolishimiz aniq!

Sergeev o'rnida bo'lib qolishni inson o'z dushmaniga ham ravo ko'rmasa kerak. Kuper aytganidek sabr qilishga majburmiz, faqat ko'nikib kolmasak bo'lgani.

N.Yuldashev.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика