Serbiya – Albaniya. Janjal tufayli o'yin uzilib qoldi FOTOGALEREYA
15 okt 2014 11:47
Yangiliklar

Serbiya – Albaniya. Janjal tufayli o'yin uzilib qoldi FOTOGALEREYA
Evro-2016 saralashi doirasidagi Serbiya va Albaniya o'rtasidagi o'yin bosh hakami Martin Atkinson birinchi bo'lim so'nggida (0:0) bahsni to'xtatishga majbur bo'ldi.
41-daqiqada Albaniya bayrog'i osilgan boshqariladigan kichik samolyot (dron) maydon uzra ucha boshladi. Serblar himoyachisi Stefan Mitrovich bayroqni drondan yulib olishga urindi. Uning yoniga albaniyalik Mergim Mavray yaqinlashdi va janjal boshlandi. Bu janjalda futbolchilar va jamoa rasmiylari ishtirok etishdi.
So'ngra maydonga turli buyumlar otila boshlandi, muxlislar maydonga tushib ketishdi. Bahs to'xtatildi va ikkala jamoa tribuna ostiga kirib ketishdi.
Bahsdagi ushbu holatni UEFA ko'rib chiqadi.
foto: sports.ru

Fikrlar