So’nggi yangiliklar

22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  3 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10

Ser Aleks har haftaning oxirgi kunlarida Lesterga avtobus jo'natib turardi Yangiliklar

Ser Aleks har haftaning oxirgi kunlarida Lesterga avtobus jo'natib turardi

Ser Aleks Fergyuson – nafaqat buyuk murabbiy, balki, juda ham ajoyib inson.

Uning hayoti yorqin va ajoyib xotiralarga juda boy, hozir esa biz shularning eng ajoyibini etiboringizga havola etamiz. Ushbu hikoyani jurnalist va yozuvchi Jeremi Kley so'zlab berdi. Tarix 2018 yilning may oyida ommaga taqdim qilingandi. Ha, o'shanda Ser Aleksning sog'lig'iga jiddiy muammolar xavf solayotgandi. SHu boisdan ushbu syujetni kechiktirmaslikka qaror qildik.

***

"90-yillarda men Lesterdagi "Mercury" gazetasida ishlardim, - deb yodga oladi Kley. - Bu tvitterga qadar davr bo'lgani uchun sen yoki boshqalarning jinnicha yozgan maqolalari odamlarga manzur kelmasdi. Yoki senga qo'ng'iroq qilaverishardi yoki baqirib tashlashardi. Ammo eng qaysar o'quvchilar taxririyatga kelib, uchrashuvni talab qilishardi.

Elis o'shalardan biri edi. U doimiy ravishda "Mercury"ni o'qir va har doim shaharning bir chekkasidan boshqasiga men bilan gaplashish uchun kelardi. Balki, men bunga loyiq bo'lganman...

Elis Londonda tug'ilgan bo'lsa-da, Lesterda yashar edi. Undan tashqari u "Manchester Yunayted"ga muxlisalik qilardi. U juda yoqimtoy bo'lsa ham, xarakteri, suv o'tkazmaydigan suvosti kemasi ustki qismidan ham bardoshli edi. U bir necha bora yuqori tonda menga "Manchester Yunayted" haqida yozishimni talab qilgandi".

"Biroq bu Lester gazetasi, - javob berdim unga. - Biz Lestershirda nima bo'layotganini yozamiz".

Ha, u qo'polligim uchun menga shunchaki baqrayib qarab qo'ydi. Huddiki hozir uni bosh muharrir qilib qo'yishlarini talab qilayotgandek ko'rinardi.

SHundan keyin men Elis "Manchester Yunayted"ning eng birinchi mavsumiy abonement sohibi ekanligini bildim. Va eng noodatiy ko'ringan jihat: Ser Aleks Fergyusonning shaxsan o'zi Elisni "Old Trafford"ga olib borib qo'yadigan mikroavtobusni jo'natishi bo'ldi. Har o'yin: Lestergacha deyarli 200 kilometr va ortga, Lesterga. Har shanba/yakshanba/istalgan kun, MYUning o'z maydonidagi o'yiniga qarab.

Bir kuni Elis oldimga tanbex berishga keldi. Sababini bilmayman va u o'yinlarga boshqa bormasligini aytdi. Nima uchun? Uning yoshi 90dan o'tdi va uning ko'zlari asta-sekinlik bilan o'z ravshanligini yo'qotayotgandi.

Uning ko'zlari operaciya uchun qarilik qilishini ham tushuntirdi. SHundan keyin Ser Aleks unga operaciya pulini to'lashga tayyorligini aytdi. O'shanda men "Mercury" uchun sensacion maqolani ko'z oldimga keltirdim va bloknotimni ochib, barcha narsalarni yozishga tushdim.

Ammo u o'ziga qaramay qo'yganini sezdim. Elis esa bular ommaga taqdim qilinmasligini, Ser Aleks ham buni yashirincha aytganini tushuntirdi. Bloknotimni yig'ishtirdim va taxririyatga borib, nima uchun odamlar mahalliy hokimiyatdan noroziligi borasidagi maqolani yozdim.

O'shanda men Elisni so'nggi bora ko'rgan ekanman. Agarda u tvitter davrigacha yashaganida, bu voqeani shu erda aytib o'tirmagan bo'lardim. U har Aleks Fergyuson borasida qayg'urardi va shu boisdan men hikoyani ommaga oshkor qilyapman".

***

Bu tarixda boshqa qo'shimchalarni kiritish juda og'ir. "Mercury" yozgan boshqa tarix esa faqatgina ingliz arxivlarida qolib ketgan. Boshqa muhbirlar esa Jeremi Kleyning oldiga kelishib, hamkasbining so'zlarini tasdiqlab, ushbu hikoyani yodda saqlab qolishlarini aytishdi.

Faqatgina, Ser Aleks Fergyusonning chegarasiz mexridan odamlar lazzat olsa arziydi!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика