So’nggi yangiliklar

13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  6 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  4 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  12 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  6 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  4 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0

Ser Aleks haqida siz bilmagan 7 tarix Yangiliklar

Ser Aleks haqida siz bilmagan 7 tarix

7 yil oldin futbol batamom o'zgarib ketdi.

"Manchester Yunayted" saytida yozilgan post barchaning diqqatini tortdi. Unda shunchaki "Ser Aleks Fergyuson ketadi", deb yozilgan edi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan 39 yillik faoliyati davomida 13 marta APL tituliga ega chiqqan shotlandiyalik murabbiy jamoasini so'nggi bora "Old Trafford"ga olib tushdi.

Xatto "Aberdin" va "Yunayted"dagi sovrinlar kollekciyasi ham u haqida to'liq malumot bera olmas ekan. Oradan 7 yil o'tib, BBC nashri ser Aleks Fergyuson haqida bir necha qiziqarli tarixlarni yozib o'tdi.

Ouen Koyl: "U ikki idish qizil vino istagandi"

Ko'plab murabbiylar qiyin vaziyatlarda Fergyusonning qo'llab-quvvatlovini takidlab o'tgan. 2008 yilning yozida "Byornli" bosh murabbiyi Ouen Koyl ham shotlandiyalikka bir xizmatli ishi tushib qoldi.

"Evropadagi turnirlarda ishtirok etish uchun SHveycariyada PRO licenziyasini qabul qilib oldim. O'shanda men bilan Jim Fliting va Martin Fergyuson (ser Aleksning ukasi) ham bor edi. Suhbat davomida savol berdim: "Martin, akangga qo'ng'iroq qila olasanmi? Undan bir futbolchi haqida so'rab olmoqchi edim, mengacha kimdir gaplashib qo'ymasligini istayman". U qo'ng'iroq qildi: "Bir xizmat bor. Sizda Kris Iglz o'ynamoqda, balki, u mening qo'l ostimda o'zini ko'rsata olar?!". U shunday deb javob berdi: "4 iyuldan mashg'ulotga qaytamiz. Vada beraman, o'shanda bu borada gaplashib olamiz. Biroq ungacha meni bezovta qilma".

Kelishganimizdek, unga 4 iyul kuni ertalab 8.30da qo'ng'iroq qildim: "Vadangda turding, biroq u menga Janubiy Afrikadagi mavsumoldi yig'inlarda kerak bo'ladi. Agar u istasa, qaytishimiz bilan uni olaverasan. Kelishim bilan barchasini hal qilamiz".

Jamoaning Janubiy Afrikadagi barcha o'yinlarini tomosha qildim, adashmasam, Iglz o'shanda turnir to'purari bo'lgandi. Turnirda Iglz 100 foiz kuchini ko'rsatmayotgandi, u mening jamoamga o'tmasligi miyamga o'rnashib qoldi. Ular qaytishi bilan Fergyusonga qo'ng'iroq qildim: "Qo'ng'irog'ingni kutayotgandim. Vada o'z kuchida. Agarda u ketishni istasa, marhamat, futbolchi seniki", - dedi.

SHundan keyin barcha ishlar yurishib ketdi. Pley-off o'yinini yutib, APLga yo'llanma olganimizdan keyin u menga xabar yozdi: "Ajoyib mavsumni o'tkazdinglar. Sizlarning maydonga raqibingiz sifatida borganimizda ikki shisha qizil vino esdan chiqmasin". SHunday bo'ldi ham. Ilk turdayoq "Yunayted"ga qarshi o'ynadik va g'alabaga erishdik. SHunga qaramasdan, u bilan o'yindan keyin bir yarim soat o'tirib suhbat qurdik. O'zim ichmayman, shu sababdan assistentim Darrendan ikki shisha qizil vino olib kelishni so'ragandim. U taxminan 300-400 funtga yaxshi vino olib keldi. Uni muzlatgichga qo'ygandim. Yaxshiki, ser Aleks keldi, bo'lmasa, uni hech kim ichmasdi. Vino menimcha unga yoqqan ko'rinardi, chunki uning murabbiylar shtabi vinoni tugatib qo'ydi".

Darren Fletcher: "Onam trubkani qo'yib qo'ydi"

Ushbu podkastimiz davomida "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Darren Fletcher onasi hamda "Yunayted" menejeri bilan bo'lgan munozarani yodga oldi.

"Nyukasl"ga o'tishimga bir bahya qolgandi. 12 yoshimdan buyon "Yunayted"da edim. O'shanda "Nyukasl" liganing ikkinchi eng kuchli jamoasi hisoblanardi. O'shanda menga hamma: "Yunayted"ning yarim himoyachilarini qara, senga bu erda joy topilmaydi, undan tashqari, "Nyukasl" uyingga ham yaqin", deyayotgandi. O'shanda "Nyukasl"ga o'tishga tayyorlanayotgandim. Biroq bunga ser Aleks halaqit qildi.

U onamga qo'ng'iroq qildi. Trubkani singlim oldi va boss qo'ng'iroq qilayotganini, u jaxl otiga minganini aytdi. 15 yoshda edim. Trubkani olganimda u shunaqangi baqirdiki, qotib qoldim. Buni ko'rgan onam trubkani qo'limdan oldida, bir necha soniya uni eshitib: "O'g'lim bilan boshqa unday gaplashmang", dedi. Nimalar bo'layotganini tushunmasdim.

Oradan taxminan 2 daqiqa o'tib, telefonga qo'ng'iroq bo'la boshladi. Yana ser Aleksning ovozi eshitildi: "Missis Fletcher, ijozat so'rayman. Bizga o'g'lingiz juda ham yoqadi. Eng yaqin reys bilan Edinburgga uchaman". Onam atrofga qaradi: hech nima tozalanmagan, hamma joy ivirsib yotibdi... "Yo'q, kelmang, o'zi boradi oldingizga". Bordim va barchasi hal bo'ldi. Menimcha, o'shanda faoliyatimdagi eng muhim qarorni qabul qilganman.

Billi Stark: "Ser Aleksning reversiv psixologiyasi"

Billi Stark "Sent-Mirren" hamda "Aberdin"da Fergyuson qo'l ostida o'ynagan.

"Aberdin" uchun g'alaba yili bo'lgan 1985 yilda "Seltik Park"da penaltidan gol ura olmaganman. SHundan keyin Deyvi Provan darvozamizga gol urib ketgandi. "Seltik" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. Keyingi haftada mashg'ulotlarda yonimdan o'tib ketayotgan ser Aleks shunday degandi: "Umid qilamanki, xatoing sovrinni olishimizga halaqit qilmaydi". Bu biz uchun juda muhim edi.

U bu gapini yonimdan o'tib ketayotganda aytdi. Bu esa menga juda qattiq tasir qildi. SHuningdek, yaxshi motivaciya berdi ham. Doimiy tarzda gollar urib turdim, yakunda sovrinni qo'lga kiritdik. Unda psixologik tryuklar etarlicha, so'zlarni kerakli paytda ishlata oladi.

Archi Noks: "Kir yuvuvchi xonimlar bilan choy"

Archi Noks - Fergyusonning "Aberdin" va "Yunayted"dagi sobiq assistenti hisoblanadi. U 1980 yilda "Forfar Atletik" murabbiyi edi. Bossning taklifini esa u rad eta olmadi.

"Biz unchalik yaxshi tanish emasdik, bir kuni u o'yindan keyin gaplari borligini aytdi. Uni ofisga taklif qildim va u mendan so'radi: "Aberdin"da mening yordamchim bo'lishni istaysanmi?". Men bu taklifga jon deb rozilik berdim va u mendan qachondan ishga tusha olishimni so'radi: "Ertadan", deb javob berdim.

Uning "Aberdin"dagi faoliyati "Yunayted"nikidan farq qiladimi? Bunday deya olmayman. U doimo yoshlarga imkoniyat berib kelgan. Fergyuson klub skautlari bilan yaxshi ishlagan va ularga doimo: "Kimdir jamoamdan ketmoqchi bo'lsa, doimo buni men bilishim kerak", - deb aytardi. SHu orqali tarkibga Bekxem, Batt, Giggz, Skoulz, aka-uka Nevillar kelishdi.

Biz futbolchilar bilan shartnoma imzolasak yoki shunga taraddud ko'rayotgan bo'lsak, Aleks ularning ota-onasini tushlikka yoki o'yinlarga taklif qilardi. Bekxem bilan shartnoma imzolganimizda, uning ota-onasi va opasi doimiy ravishda Londondagi o'yinlarga borishardi. O'yindan oldin esa jamoa bilan mehmonxonada birga qolardi.

"Old Trafford"ga ilk marta kelgan kunimda u: "Bu erdagi barcha inson bilan tanishib olishing kerak". Styuardlardan tortib, oshxonada ishlaydiganlarga qadar. Har kuni ertalab mashg'ulotga ketishdan oldin kir yuvuvchi xonimlar bilan choy ichardik. Maqsad - barchamiz bir maqsad yo'lida birlashganimizni tushunish edi. Aleks "Aberdin"da ishlaganida ham klubdagi har bir insonni yaxshi tanirdi.

Ole-Gunnar Sulsher: "Yaxshimisan, bolakay?!"

"Manchester Yunayted"ning ayni damdagi bosh murabbiyi 2007 yilda tizzasidan navbatdagi operaciyadan voz kechib, faoliyatini yakunlashni istayotganini Fergyusonga aytishga qo'rqqani haqida gapirdi.

Klub qarorgohiga mashinani qo'yganimdan keyin u mening oldimga keldida: "Yaxshimisan, bolakay?", deb so'radi. Men: "Unchalik emas. Operaciya qilish kerak. Biroq bunga qarshiman, futbolni tugataman shekilli".

"O'g'lim, hech afsuslanma. Fantastik kareraga ega bo'lding, oilang sen bilan faxrlanishi kerak. Sen mening hujumchilarimni shug'ullantira olasanmi? Uyingga bor, dam ol. Tayyor bo'lganingda qaytasan".

Uch haftaga ketdim. Qaytishim bilan asosiy jamoa mashg'ulotlariga qo'shildim. Krishtianu, Runi, Teves bilan mashg'ulotlar olib bora boshladim. Krishtianu va Runi raqiblari oyoqlari orasidan gol urganida o'g'limga: "Qara, o'g'lim, buni ularga otang o'rgatgan", deb qo'yardim.

Pol Parker: "Ajoyib qo'llab-quvvatlov"

Ko'plab hollarda Fergyuson o'zini boshqalarga nisbatan qayg'uruvchi inson sifatida ko'rsatgan. Biroq kiyim almashtirish xonasida ushbu voqelik tarixga kirgan. Pol Parker bu boradagi xotirani "FourFourTwo"ga bergan intervyusida eslab o'tdi.

"Stiv Bryusning rafiqasi kasalxonada edi. Uning operaciyasi bizning o'yinimiz kuni o'tkazilishi mo'ljallangandi. Bryusi telefonini o'chira olmadi. "Old Trafford"da negadir hamma ishlar chappasiga ketayotgandi. Kiyim almashtirish xonasiga kirganimizda qo'ng'iroq bo'ldi. O'tirar ekanmiz, telefon kimniki ekanligini topishga urinib ko'rdik. Bu mening yoki Denis Irvinning telefoni emasligiga ishonib turgandim.

Katta Pit (SHmeyxel) ham hech nimani tushunmayotgandek qarab turardi. Stivdan boshqa hamma xotirjam edi. Bryusning o'zini tutishi va yuzini ko'rib, hamma unga qaradi. Boss telefonni oldi, Stiv esa holatni tushuntirishga harakat qildi: "Rafiqang kasalxonada ekanligi uchun yig'lashim kerakmi?", deb, telefonni devorga otdi. Telefon parcha-parcha bo'lib ketdi.

Devid Bekxem: "U mening otam kabi"

Bekxemning "Manchester Yunayted"dagi debyuti Fergyuson qo'l ostida amalga oshgandi.

"Bir necha marta aytganman. Boss hayotimdagi faqatgina eng yaxshi murabbiy emas, 11 yoshimda u erga borgan bo'lsam, ketgunimga qadar otam o'rnida ota bo'ldi. SHunday buyuk murabbiy qo'l ostida shug'ullanish va faoliyatimni olib borish menga nasib qilganidan xursandman.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика