So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

"Sepaxon" ustozi Joze Moraish: "Ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik" Yangiliklar

"Sepaxon" ustozi Joze Moraish: "Ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik"

Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bahsidan o'rin olgan OKMK 1:3 "Sepaxon" uchrashuvidan so'ng, Eron jamoasi bosh murabbiyi Jose Moraish va Eron terma jamoasi futbolchisi Ramin Reazi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Mening fikrimcha bugun qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Biz o'zimizni yaxshi tomonlama namoyish etdik va o'yin boshidan tartibli o'ynashni boshladik. Birinchi goldan so'ng raqib tezda javob qaytardi. Raqib gol urgan vaziyatda qo'pollik bor edi deb o'ylayman. Tanaffusda esa yigitlar bir nimani o'zgartirish kerakligini tushunib etishdi. Ikkinchi bo'limda ikkita gol urdik va 3:1 hisobida g'alaba qozondik. Bugungi uchrashuvda qo'proq gol ursak bo'lar edi, ammo ko'p vaziyatlarimizni ko'kka sovurdik. Jamoamni va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz keyingi uchrashuvlarga etiborimizni qaratamiz. Bu guruhda har bir uchrashuv juda qiyin kechmoqda. Bizni oldinda "Al-Ittihod"ga qarshi qoldirilgan uchrashuv kutib turibdi. OFKdan tezroq qaror qabul qilishini iltimos qilaman. Biz o'sha uchrashuvni boshqa mamlakatda o'ynaymizmi yoki uchrashuv bekor qilinadimi ushbu savolga javob hali hamon aniq emas.

Ramin Rezai

- O'yin qiyin bo'ldi. Lekin biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bunday musobaqada oson uchrashuvlar bo'lmaydi. Jamoadoshlarim g'alabaga loyiq edi deb o'ylayman. O'yin oson kechmadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat. Men ham bekor qilingan uchrashuv haqida o'z fikrimni aytib o'tmoqchi edim. OFK mutasadilari iltimos tezroq qaror qabul qilinglar. Men adolat qaror topishini istayman. O'yinni bekor qilib raqibga uch ochko sovg'a qilish noto'g'ri. Uchrashuv qaerda bo'lsa ham tashkil etilsin.

- Bugun jamoangiz qaysi jihatlarda raqibdan ustun keldi deb o'ylaysiz?

- Men o'yinni to'liq tahlil qilishga ulgurmadim. Lekin bir narsani ayta olaman, bugun jamoam yaxshi o'ynadi. Biz g'alaba qozondik va uch ochkoni qo'lga kiritdi. Ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi. Umumiy qilib aytsak bugun jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi. Futbolchilarim nimaga qodir ekanligini bilaman va bundan yaxshiroq o'ynay olamiz, ammo bugun shunday bo'ldi. Mening fikrimcha bugun shogirdlarim to'pni yaxshi nazorat qilishdi va to'g'ri poziciyalarni tanlashdi.

- Bugungi uchrashuvda OKMK jamoasining 6ta asosiy futbolchisi jarohat sabab maydonga tushishmadi. O'yin vaqti ham ikki himoyachi jarohat oldi va maydonni tark etishdi. Raqib jamoasining ikki asosiy himoyachisi jarohat olgani, hujumchi sifatida raqib darvozasiga xavf to'g'dirish vazifangizni engillashtirib berdimi?

Ramin Rezai: To'g'ri bu mening muammoim emas. Men jarohat olgan futbolchilarga sog'liq tilayman. Lekin bu savolga hech qanday munosabat bildira olmayman. O'zingiz ko'rdingiz, o'yin natijasi maydonda hal etildi. Bizning tarkibda ham jarohatlangan futbolilar bor masalan. Men barchaga sog'liq tilayman va barchani hurmat qilaman.

- Olmaliq shahrida oson g'alabaga erishdingizlar deb o'ylayman. 15 kundan keyin esa OKMK "Naqsh-e-Jahon" stadioniga("Sepaxon" jamoasining stadioni) tashrif buyurishadi. 75000 ming muxlis oldida qanday o'yin namoyish etmoqchisizlar?

Ramin Rezai: Erondagi o'yinimizda muxlislarni hursand qilishga harakat qilamiz. Bugun muxlislar biz bilan bo'lishdi va men ularni juda hurmat qilaman. Uchrashuvdan so'ng ularning oldiga borib ularga rahmat aytdim. Muxlislar biz uchun shuncha yo'l bosib kelishdi.

- Eron terma jamoasi mintaqada eng kuchlilaridan biri, ammo klublar esa mintaqaviy musobaqalarda katta yutuqlarga erishishi noyob holat. Adashmasam so'ngi bor "Persepolis" CHempionlar ligasining finalida ishtirok etgan edi va finalda mag'lub bo'lgandi. Eron klublari nega CHempionlar ligasida juda kam g'olib bo'lishgan?

Ramin Rezai: Ha, fikringizga qo'shilaman. "Persepolis" uch mavsum oldin finalda o'ynagan edi. Men futbolchi sifatida hech qanday taslim bo'lmayman va ushbu musobaqani yutishga harakat qilaman. Saudiya klublarini qarang ular qancha pul ishlatishmoqda. Futbolda faqat maydondagi o'yin bilan yutish qiyin. Natijaga tasir etadigan ko'p narsalar bor masalan infratuzilma,qonunlar, maydon, muxlislar va eng muhimi etibor. Eron futbol federaciyasida ayrim bir qoidalar bor. Ushbu qoidalarga ko'ra klublar qattiq nazorat ostida va shu sababdan chempionlar ligasida sovrin uchun kurashish juda qiyin. Men shahsan barcha Eron klublari chempionlar ligasining finaliga chiqishini istayman va bunga intilaman. Ammo bu juda qiyin masala.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика