So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

"Sepaxon" bosh murabbiyi Muharram Navidkiya: "Paxtakor" kuchli futbolchilarga ega, taktik shakllangan jamoa" Yangiliklar

"Sepaxon" bosh murabbiyi Muharram Navidkiya: "Paxtakor" kuchli futbolchilarga ega, taktik shakllangan jamoa"

Teglar :  Sepaxon Paxtakor
OCHL guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvidan oldin fors klubi bosh murabbiyi Muharram Navidkiya va gruziyalik futbolchi Giorgi Gvelesiani fikrlarini bildirdi.

Muharram Navidkia: - Biz raqibning o'yinlarini ko'rdik. Jamoamizdagi ko'p yillik tajriba mazkur uchrashuvda asqotishi shubhasiz. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. "Paxtakor" doimiy ravishda O'zbekistonda chempionlikka davogar klub hisoblanadi. Ular ham yaxshi tayyorgarlik bilan kelgani aniq. Mazkur bahsda yaxshi o'yin ko'rsatish va g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. "Paxtakor" ajoyib va kuchli futbolchilarga ega, taktik tomondan yaxshi shakllangan jamoa. Mana shu jihat ko'p jamoalarga qiyinchilik tug'diradi. 

Bizda mashg'ulot va tayyorgarlik uchun barcha sharoitlar bo'ldi. Qolaversa so'nggi turlarda chempionatimizda yaxshi o'yinlar o'tkazdik. Men futbolchi sifatida "Sepaxon" safida ko'p bor OCHL bahslarida to'p tepganman. Endilikda bosh murabbiy sifatida qatnashaman. Bu katta masuliyat beradi.


Giorgi Gvelesiani:  - Biz musobaqaga shunchaki g'alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun kelganimiz yo'q. Bundan tashqari eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun keldik. 

Guruhimiz albatta qiyin. "Paxtakor"ni to'liq tahlil qildik. Jamoamizning rejalarini hozir ayta olmayman. Eronda baland bo'yli hujumchilarga qarshi o'ynashga ko'nikkanmiz. Lekin jamoamiz raqiblar bilan har tomonlama kurashishga tayyor.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика