"Selta"ning sobiq futbolchilari Neymarni fintlari oqibatida jabr chekishi mumkinligidan ogohlantirishdi
16 fev 2016 14:20
Yangiliklar


"Selta"ning sobiq futbolchilari Neymarni fintlari oqibatida jabr chekishi mumkinligidan ogohlantirishdi
"Selta"ning bazi sobiq futbolchilari "Barselona" hujumchisi Neymarning o'yini borasida fikr bildirdi.
"Neymar finti? Agar "Barselona" 0:2 hisobida mag'lub bo'layotganida bu ishni qilmagan bo'lar edi. Jamoa muxlislari uni tanqid qilishardi. Neymarga ehtiyot bo'lishni maslahat beraman, chunki u tavakkal qilyapti. Futbolchi bir kun g'azabdagi raqibi bilan duch kelishi va fintlari uchun afsuslashi mumkin" - deydi Fransisko Salinas.
Xaver Mate ham bu borada o'zi fikrini bildirdi: "Agar maydonda bo'lganimda, bu menga yoqmagan bo'lar edi. "Barselona" o'yin uslubini hurmat qilaman, ammo ular qolganlarning zararini ham hisobga olishi lozim".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar