"Selta" to'purari jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 18:45
"Selta" hujumchisi Yago Aspas yaqin vaqt ichida o'z jamoasi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi.

Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, forvard jarohat tufayli 4-5 hafta maydonga tusha olmaydi.

31 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi bahsda o'ng oyog'i mushaklarini shikastlab oldi.

Aspas LaLiganing 17ta uchrashuvida 10ta gol urib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rccelta.es