Seydu Keyta Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin
02 iyu 2014 15:50
Yangiliklar
Seydu Keyta Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin
"Valensiya" yarim himoyachisi Seydu Keyta yozda erkin agent sifatida "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda "Sky Sport Italia" nashri.
Ispaniya klubi u bilan shartnomani faqat maoshi ozaytirilgan holda uzaytirishga rozi. "Roma" esa Keytaning moliyaviy talablarini bajarishga tayyor. Muzokaralar yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar