So’nggi yangiliklar

23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  5

"Sayfievnamo" o'yin, qiziq statistika, bahsli penaltilar yoxud "Paxtakor" mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Sayfievnamo" o'yin, qiziq statistika, bahsli penaltilar yoxud "Paxtakor" mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi (Bekzod Tolibov blogi)

2020 yilgi mavsum yodingizdami? Ilk turdayoq Toshkentda "Paxtakor" va "Navbahor" to'qnash kelgandi.

O'shanda o'yin va uning atrofidagi voqeliklar bir oydan ko'proq muddat keskin muhokamalarga sabab bo'lgan, ijtimoiy tarmoqlar bu haqda katta rezonans bergandi. Oradan yillar o'tdi, shundan buyon qanchadan qancha suvlar oqib ketdi va barchasi tarixga aylandi. Bugungi "Paxtakor" va hozirgi "Navbahor" o'rtasida azaliy principiallik bor bo'lsa-da, endilikda o'yin davomida nima yuz bergan bo'lsa ham, barchasi o'sha maydonning o'zida qoladigan bosqichga etib keldi. 

Yutqazgan hech qanday etirozlarsiz mard bo'lib maydonni tark etyapti. Bu – professionallik. Alohida kuzatuv olib bordim, ijtimoiy tarmoqlarda kichik gap-so'zlardan tashqari etiborga molik biror norozilik kayfiyati ko'rinmayapti.

Barchasini Sayfiev hal qilgan bo'lsa, demak “Sayfievnamo" o'yin bo'ladi. Farruh uchrashuvning 2-daqiqasidayoq qanotdan uzatib berilgan to'pni aniq zarba bilan O'tkir Yusupov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Odatda bu kabi darajasi yuqori o'yinlarning ilk daqiqalarida aksariyat futbolchilar bunaqa imkoniyatlardan unumli foydalana olishmaydi. CHunki principiallik katta sahnaga chiqqan vaqtda o'yingacha bo'lgan muhit maydondagi o'yinga moslashib olgunga qadar ko'pchilikni dovdiratib qo'yadi. Biroq Sayfiev bu vaziyatda o'ta sovuqqonlik bilan harakat qilib, yuzaga kelgan imkoniyatni aniq zarba bilan golga aylantirdi - 1:0. 

Birinchi bo'limning 23-daqiqasida Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan hisobni tenglashtirdi – 1:1. 

Uchrashuvning 68-daqiqasida yana o'sha Farruh Sayfievning uzatmasidan so'ng Dragan CHeran mavsumdagi ilk golini urdi – 2:1. 

90+4 daqiqada "Navbahor"ning serbiyalik legioneri Yovan Jokich jamoasiga navbatdagi ochkoni taqdim etishi mumkin edi, biroq uning penaltidan yo'llagan zarbasini "Paxtakor" posboni qaytarishning uddasidan chiqdi. Yakuniy hisob – 2:1, "Paxtakor" mavsumdagi ilk g'alabasini aynan azaliy raqibiga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi. 

Davron Hoshimov maydonda maksimal borini berib o'ynaydi. Odatda u bu borada o'zini ham, raqibini ham ayab o'tirmaydi, shu bois sariq va qizil kartochkalar doim bu futbolchining ortidan ergashib yuradi. Balki boshqa futbolchi chetlatilganida, alohida etiborga molik vaziyat bo'lishi mumkin edi. Biroq Hoshimov tabiatan shunaqa futbolchi, o'yin haroratiga qolgan barcha jarayonni unutgan xolda jiddiy kirishib ketadi. Butun vujudi, bor diqqat-etibori faqat va faqat maydonda bo'ladi.

Penaltilar borasidagi fikrlar har kimda har xil va turlicha yangrayapti. Kimdir bor deydi, kimdir yo'q deyapti, bunaqangi bahs-munozaralar futbolning ajralmas qismi. Balki rakurslar aldayotgandir, ammo har ikki xolatda ham bir qarashda 100 foizlik penalti bor edi deb aytish qiyin. Obdon sinchiklab, stop-kadrlarni qayta-qayta ko'rib chiqqaningizdan keyingina 11 metrlik jarima zarbalariga sabab bo'lgan asoslarni topasiz. 

P.S. Muxlislarning Azmiddinovga nisbatan amalga oshirgan harakatlarini hech qachon oqlab bo'lmaydi. SHuningdek, futbolchining ularga javobi ham mutlaqo noto'g'ri. Go'yo bu o'yinda baribir nimadir yuz berishi kerak edi, xuddi shu voqelik negizida sodir bo'ldi.

Qiziq statistika, kechagi "Olimpik" – OKMK uchrashuvi davomida darvoza tomon bor-yo'g'i 2 ta aniq zarba berilibdi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика