Saudiya shahzodasi MYUga yana taklif bilan chiqadi. U “Nyukasl” variantini ham qo'rib chiqmoqda

Eldor Akmurzayev
2 fev 2020, 14:50
Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad Salmon Premer-Liga klublaridan birining akciyadoriga aylanmoqchi.

U “Manchester Yunayted” hamda “Nyukasl”dan birini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ikkala jamoada ham rahbariyatning o'zgarishi kutilmoqda. 

Britaniya nashrlarining ma'lum qilishicha, Salmon yana bir bor MYU xo'jayinlariga taklif bilan chiqadi. Avvalroq, Gleyzerlar shahzodaning 3,5 mlrd. funtlik so'roviga rad javobini berishgan edi. 

“Nyukasl” esa Muhammad Salmonga arzonroq tushishi mumkin. Prezident Maykl Eshli o'z klubi uchun 340 mln. funt so'ramoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk