Saudiya Arabistoni MTJ ham mashg'ulotlarga kirishdi
23 mar 2021 22:08
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni MTJ ham mashg'ulotlarga kirishdi
JCH saralashdagi raqibimiz mart oyida ikkita o'yin o'tkazadi.
Saudiyaliklar 25 mart kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. 30 mart kuni esa bu jamoa JCH saralash bosqichidan o'rin olgan Falastinga qarshi bahsni o'tkazadi.
Har ikkala uchrashuv poytaxt Ar Riyoddagi "Qirol Saud Universiteti" stadionida tashkil etiladi. Terma jamoa bosh murabbiyi Erve Renar mazkur yig'inga 26 nafar futbolchini taklif etgan.
Terma jamoa azolari kecha koronavirusga test topshirishgandi. Bugundan esa mashg'ulotlarga start berildi. Xabaringiz bor, Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga chiqish yo'lida O'zbekiston bilan bir guruhda kurash olib bormoqda. SHu bois ularning har bir kuni biz uchun muhim.





Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar