Saudiya Arabistoni futbol federaciyasida ilk bor ayol kishi ish boshladi
24 fev 2018 13:38
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni futbol federaciyasida ilk bor ayol kishi ish boshladi
Saudiya Arabistoni futbol tarixida birinchi marta ayol kishi mamlakat futbol federaciyasida ish boshladi.
Oxirgi paytlarda yuz bergan ko'plab gap-so'zlardan keyin Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi Adva Al Arifini ishga qabul qildi. Bu ayol federaciyaning jamiyatga bog'liq sohasi bilan shug'ullanadi. Adva Al Arifi asosan jamoatchilik bilan ishlaydi, shuningdek Ar Riyod shahrida tuzilishi kutilayotgan ayollar futbol jamoasidan xabardor bo'lib turadi.
Adva Al Arifi "Al Yamamah" universitetini biznes yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. Uning ishga qabul qilinishini Saudiya Arabistoni terma jamoasi sobiq futbolchisi Navaf Al Temiyot ham maqulladi va federaciya bu bilan oldinga qadam tashladi deya baholadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar