So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

"Saudiya Arabistoni chempionati AQSH bilan solishtirsa, nisbatan kuchliroq, eng kamida kuchsiz emas" - Diyor Imomxo'jaev Yangiliklar

"Saudiya Arabistoni chempionati AQSH bilan solishtirsa, nisbatan kuchliroq, eng kamida kuchsiz emas" - Diyor Imomxo'jaev

Rio Ferdinand Saudiya Arabistoniga yo'l olgan Krishtianu haqida fikr bildirib, nozik bir masalaga etibor qaratdi.

O'z vaqtida Bekxem yoki Lempardning AQSH ligasiga o'tishi qarsaklar bilan kutib olingandi. Bugun esa Krishtianuning Saudiya Arabistoniga kelgani ortga tashlangan qadam sifatida baholanmoqda. 

Biz g'irt neytral odam sifatida ayta olamizki, Saudiya Arabistoni chempionati AQSH bilan solishtirsa, nisbatan kuchliroq, eng kamida kuchsiz emas. SHunchaki g'arb uchun o'z qarashlari va ananalari muhimroq. SHarqqa qarab yurish esa jamoatchilik tomonidan baribir u qadar iliq qarshi olinmaydi. Xavining Qatarga, Ronalduning Saudiya Arabistoniga kelishi va hokazo. G'arb hattoki Qatar o'tkazishi kerak bo'lgan mundial bilan ham kamida 6 yil kurashdi. 



Afsuski, bizda ham mohiyat qolib, solishtirishga bo'lgan urinish kuchli. Biz "qanday qilib raqobatbardosh futbolchilarga ega bo'lish mumkin?" degan savoldan ko'ra, "Krishtianu kuchlimi yoki Messi?" qabilidagi savolni o'rtaga ko'proq qo'yamiz. Sizningcha, Krishtianu nimada yutkazdi:

▪️ daromad ko'rishdami?     

▪️ qadr-qimmatni saqlab qolishdami?

▪️ odamlar etiboridan qolishdami?

▪️ futboldan keyingi faoliyati uchun qadam qo'yishdami?



Saudiya Arabistoni juda katta pul to'layapti. Saudiyada hamma unga domlajon deb murojaat qiladi. Butun dunyo baribir Krishtianu haqida yozyapti, uni muhokama qilyapti. U futboldan keyin ham arablar bilan ishlaydi, qandaydir elchi bo'ladi, yuz bo'ladi va hokazo, ammo futboldagidan kam pul topmaydi. Yana nima kerak?

Krishtianu faqatgina vaqtga yutkazdi va Saudiya Arabistoniga borish qarori bilan buni rasman tan oldi. Siz vaqtdan ustun kelgan kimnidir bilasizmi?

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика