Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" chempionatning oxirgi o'yinida yirik g'alaba qayd etdi. Ronaldu qaydnomaga kiritilmagandi

Administrator
1 iyun 2023, 01:19
Saudiya Arabistoni chempionatining oxirgi 30-turiga yakun yasaldi.

Saudiya Arabistoni chempionatining yakuniy jadvali

"Al Nassr" oxirgi turda ishonchli g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Ronaldu qaydnomaga kiritilmadi. Shunday qilib, "Al Ittixod" 72 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi. Keyingi o'rinlarni "Al Nassr" (67 ochko) va "Al Hilol" (59 ochko) jamoalari band qilishdi.

"Al Nassr" – "Al Fatih" 3:0 

Gollar: 1:0 – 4 Taliska, 2:0 – 66 Taliska, 3:0 – 72 Maran.

"Al Nassr" – Rossi, Al-Ganam (Bushal, 46), Alvaro Gonsales, Madu (Al-Fatil, 76), Konan (Abdulla, 84), Luis Gustavo, Al-Sulayxim, Al-Xaybari, Taliska, Alelavi (Al-Nadji, 68), Garib (Maran, 68).

"Al Fatih" – Rinne, Al-Zubaydi, Al-Daxim, Al-Avdjami (Aljari, 46), Al-Said (Al Julaydan, 78), Al-Fuxaid (Al-Musa, 46), Al-Gannam (Al Shurafa, 78), Alotma, Telo (Al Anazi, 46), Bendebka, Al-Breykan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia