

Saudiya Arabistoni chempionatining yakuniy jadvali
"Al Nassr" oxirgi turda ishonchli g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Ronaldu qaydnomaga kiritilmadi. Shunday qilib, "Al Ittixod" 72 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi. Keyingi o'rinlarni "Al Nassr" (67 ochko) va "Al Hilol" (59 ochko) jamoalari band qilishdi.
"Al Nassr" – "Al Fatih" 3:0
Gollar: 1:0 – 4 Taliska, 2:0 – 66 Taliska, 3:0 – 72 Maran.
"Al Nassr" – Rossi, Al-Ganam (Bushal, 46), Alvaro Gonsales, Madu (Al-Fatil, 76), Konan (Abdulla, 84), Luis Gustavo, Al-Sulayxim, Al-Xaybari, Taliska, Alelavi (Al-Nadji, 68), Garib (Maran, 68).
"Al Fatih" – Rinne, Al-Zubaydi, Al-Daxim, Al-Avdjami (Aljari, 46), Al-Said (Al Julaydan, 78), Al-Fuxaid (Al-Musa, 46), Al-Gannam (Al Shurafa, 78), Alotma, Telo (Al Anazi, 46), Bendebka, Al-Breykan.



