So’nggi yangiliklar

22:11Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  15 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  27 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   24 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  19 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3

Sato Minori, Naoya SHibamura, Bardanka. O'zbekiston chempionatida to'p tepgan SHarqiy Osiyoliklar hozir qaerda? Yangiliklar

Sato Minori, Naoya SHibamura, Bardanka. O'zbekiston chempionatida to'p tepgan SHarqiy Osiyoliklar hozir qaerda?

Bilamizki, ichki chempionatimizda ishtirok etuvchi jamoalarimiz asosan Serbiya, Rossiya, Ukraina mamlakatlaridan futbolchilarni taklif qilishadi.

Lekin, oldingi yillarda sharqiy osiyolik o'yinchilar xizmatidan foydalangan klublarimiz ham bo'ldi. Tushungan bo'lsangiz gap Oliy va Superligamizda to'p tepgan Yaponiya va koreyalik legionerlar haqida ketmoqda. "Paxtakor" va "Buxoro" da o'ynagan Naoya SHibamura yodingizdami? "Bunyodkor"da muvaffaqiyatli natijalarga erishgan Sato Minorichi? Payqaganingizdek bugun ushbu futbolchilar haqida fikrlashamiz.

Naoya SHibamura – 2012-2013 yilgi mavsumlarda O'zbekiston oliy ligasida harakat qilgan yaponiyalik futbolchini muxlislar yaxshi tanishsa kerak. O'shanda u "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari sharafini munosib himoya qilgan. Yurtimizdagi dastlabki mavsumida himoyachi poytaxt klubi tarkibida bitta o'yinda maydonga tushib faqat bir bo'lim o'ynagandi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchi ikkinchi davrada "Buxoro"ga yo'l oladi. Natijada o'zini ko'rsata oldi. Murabbiyning ishonchini qozondi. 2013 yilda ko'hna shahar jamoasida 26 uchrashuvda ishtirok etdi. 2014 yilda klubda murabbiy o'zgargach u ham ketishga qaror qildi. Umuman olganda u o'zidan yomon taassurot qoldirmagandi. 


Sato Minori – O'zbekistonda muvaffaqiyatli o'ynab keta olgan navbatdagi yaponiyalik o'yinchi Sato Minori hisoblanadi. 2014 yilda "Bunyodkor"ga "Dinamo Brest" jamoasidan kelgan futbolchi jarohatlari sabab dastlab kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Biroq, oradan malum vaqt o'tgach yorqin o'yinlarini namoyish etishni boshladi va tez fursatda jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. Bo'yi past bo'lishiga qaramasdan abjir harakatlari, maydonni yaxshi ko'ra olishi, jamoadoshlarini paslar bilan taminlab turishi g'alaba qozonilgan uchrashuvlarda muhim rol o'ynardi. 2016 yil qo'lga kiritilgan kumush medalda o'zining betakror hissasini qo'shdi. 2017 yil boshida jamoa bilan xayrlashgan iqtidor sohibi Qatarga yo'l oldi. "Qaldirg'ochlar" tarkibida jami 71 uchrashuvda 10ta gol urdi. Sato Toshkentni tark etganidan so'ng biror jamoada barqaror o'ynay olmadi. Qatarning "Muayzer", Latviyaning "Riga", Janubiy Koreyaning "Kvanju" va Rossiyaning "SKA Xabarovsk" jamoalari liboslarini kiydi. Ayni paytda jamoasiz. 

CHo Suk Jae – Doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan "Lokomotiv" 2018 yilgi mavsum avvalida CHo Suk Jae bilan shartnoma imzolaydi. Koreyalik futbolchidan ko'p narsa kutilgandi. Ammo, u raqobatda mahalliy o'yinchilarimizga yutqazdi. Murabbiy unga faqat ayrim uchrashuvlardagina imkoniyat berdi. OCHL ikkinchi turida safarda "Zobahan" bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Deyarli hech qanday karomat ko'rsatmadi. Yakunda birinchi davradan so'ng jamoani tark etdi. 2021 yil "CHangvon"da o'ynaganidan so'ng biror klub safida o'ynagani yo'q. 

Tomoki Muramatsu – Muborakning “Mashal” jamoasi 2017 yilgi Oliy liga uchrashuvlarining ikkinchi davrasi boshlanmasidan oldin safini bir qator futbolchilar bilan kuchaytirib oladi. Odatda legionerlar xizmatidan foydalanishni hush ko'radigan Aleksandr Xomyakov jamoaga yaponiyalik Tomoki Muramatsuni taklif qiladi. Futbolchi jamoaga kelishi hususida tanishtiruv marosimida quyidagicha fikr bildirgandi. “Mashal” jamoasining taklifi meni qiziqtirgani uchun ikkilanmasdan klubga qo'shildim. O'zbekiston chempionati juda qiziqarli va barcha jamoalarning futbolchilari professional. Masalan, klub tarbiyalanuvchisi Fozil Musaev hozirda Yaponiyada to'p tepmoqda”. Biroq, o'yinchining imkoniyatlariga va nimalarga qodirligiga baho berish uchun malum vaqt talab etilardi. Tomoki ikkinchi davrada ko'p ham maydonda ko'rinish bermadi, mahalliy futbolchilardan yaqqol ajralib turgani yo'q. Mavsum yakunlangandan so'ng muborakliklar quyi ligaga tushirib yuborildi. Futbolchi esa yakunda jamoa bilan xayrlashdi. So'nggi malumotlarga ko'ra, Tomoki 2021 yildan buyon Yaponiyaning "SHibuya Siti" klubida o'ynab kelmoqda. 

Kim Dong Hi – 2018 yilning ikkinchi davrasi boshlanishi arafasida Jizzaxning "Sug'diyona" jamoasi tarkibga Janubiy Koreya fuqarosi sanalgan Kim Dong Hinni jalb qildi. Sergey Lushan ushbu futbolchiga ishonch bildirishda davom etdi. Lekin, og'ir jarohat orttirib olgan futbolchi qolgan bahslarda ishtirok etmadi. Amalda klub u bilan kelishuvni bekor qildi va keyingi faoliyatiga omad tiladi. O'yinchi "Sug'diyona" safida 9ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta sariq kartochka oldi. Kimning so'nggi jamoasi "CHangvon" bo'ldi. 

Diego Bardanka - 2021 yil asli ispaniyalik bo'lgan, Filippin fuqarosi Bardanka "Lokomotiv"da ko'rinish berdi. Lekin nima uchundir u faqat 4ta o'yinda maydonga tushdi va ortiga qaytib ketdi. O'sha vaqtdagi bosh murabbiy Mikael Sekeyra buni quyidagicha izohlagan: "Birinchi navbatda Bardanka haqidagi savolni yopmoqchiman. U oilaviy sharoiti tufayli ketgan. "Lokomotiv" katta klub va moliyaviy muammolari yo'q. Klubda halol odamlar ishlaydi, oylik maoshlar vaqtida berib kelinmoqda",- degan edi portugaliyalik mutaxassis. Bardanka "Lokomotiv"dan so'ng "Buriram Yunayted", "CHonburi" jamoalarida to'p tepdi. Hozirda "Persis Solo" jamoasi azosi hisoblanadi. 2022 yil u Filippin terma jamoasidan chaqiruv oldi va 3ta o'yinda qatnashdi.

Kim Bo Yong - 2021 yil Superligaga chiqqan "Turon" tarkibni kuchaytirish maqsadida koreyalik Kim Bo Yong xizmatidan foydalanadi. Elitadagi debyut mavsumida 22ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi 2ta gol, O'zbekiston Kubogida 6ta o'yinda 2ta gol urgan. 2022 yil Pro ligada 5ta o'yinda qatnashgan va jamoani tark etgandi. Bu  uning xarbiy xizmatni o'tashi bilan bog'liq edi.

Kim Bo Yong: "Janubiy Koreya futboli top-darajada, ammo o'zbek futboli darajasi ham juda yuqori"

SHuningdek, 2016 yil birinchi davrasida «Navbahor»da koreyalik Hon Yon CHoy ham to'p tepgan. Deyarli maydonda ko'rinish bermagan, ayrim bahslarda ham zaxiradan o'yinga qo'shilgandi. Eslab o'tgan sharqiy osiyoliklardan faqatgina Naoya SHibamura va Sato Minorigina ishonchlarni oqladi, xolos. OKMK bilan shartnoma imzolagan Arihiro Sentoku o'zidan qanday taassurot qoldirishini vaqt ko'rsatadi. 



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика