Sarri: “Terri bizga yordam bersa, xursand bo'lardim”
14 sen 2018 23:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453379_original.jpg)
![](/upload/storage/453379_220.jpg)
Sarri: “Terri bizga yordam bersa, xursand bo'lardim”
“CHelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoaning sobiq himoyachisi Jon Terrining klubga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Bizning oxirgi suhbatimizda u yana bir mavsum to'p tepish niyatida ekanligini aytdi. Ayni paytda vaziyat qanday ekanligidan bexabarman. Albatta, “CHelsi” uning uyi. Agar u qaytsa, o'ylashimcha, murabbiylik shtabiga qaytishi mumkin. Avval aytganimdek, men yosh futbolchilarga imkon bermoqchiman. Baxtimizga, bizda ajoyib yosh futbolchilar jamlangan.
Terrining jamoaga qaytishi barcha uchun ajoyib voqelik. Agar u yana to'p tepmoqchi bo'lsa, mayli, o'ynayversin. Bu to'g'ri, qaror. Agar u bizga yordam bermoqchi bo'lsa, men bundan o'zimni baxtiyor his qilardim”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar