Sarri: "Manchester Siti" "CHelsi" va APLning barcha jamoasidan kuchli"
24 noy 2018 14:33
Yangiliklar
Sarri: "Manchester Siti" "CHelsi" va APLning barcha jamoasidan kuchli"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining fikricha, "Manchester Siti" Premer-liganing eng kuchli klubi.
"CHelsi" bu mavsum "Manchester Siti"dan o'zib keta oladimi? Yo'q. "SHaharliklar" bizdan kuchliroq. O'rtadagi farqni qisqartirish uchun ter to'kib ishlashimiz kerak. Buni amalga oshirishimiz kerak, ammo birinchi mavsumimdayoq "Siti"dan o'tib ketamiz deb o'ylamayman.
Premer-ligada hammadan kuchli klub bor va u "Manchester Siti". Yana bir yaxshi klub "Liverpul", jamoa mavsum oxirida kuchli to'rtlikda bo'lishi aniq. "CHelsi", "Arsenal", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashadi" - deydi Sarri.
Fikrlar