Sardor Rashidov: "Muxlislar mendan ko'p narsa kutayotganini his qilib turibman"
02 apr 2021 21:44
Yangiliklar
Sardor Rashidov: "Muxlislar mendan ko'p narsa kutayotganini his qilib turibman"

"Garchi ko'pchilik oson g'alabani qo'lga kiritishimizni kutgan bo'lsa-da, aslida unday bo'lmadi. "Metallurg" ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Yakunda iroda ko'rsatgan holda muhim uch ochkoga ega chiqdik. Egor Krimec qizil kartochka olgandan so'ng bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramasdan, g'alaba uchun oxirigacha kurashdik.
Terma jamoa yig'inidan keyin kayfiyat alo darajada. Minglab muxlislar qarshisida to'p tepish barcha futbolchiga qo'shimcha kuch berishi tayin. To'g'ri, klubga kelgandan so'ng ruhiyat boshqacha bo'lishi tabiiy.
Aprel oyida bizni tig'iz taqvim kutmoqda. CHempionlar Ligasidan oldin Namanganda qiyin bahsda "Navbahor" bilan kuch sinashamiz. OCHLda O'zbekiston shanini himoya qilamiz. SHuning uchun bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislar mendan ko'p narsa kutayotganini his qilib turibman. O'yindan o'yinga sport formamni yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilaman", – deydi Rashidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar