Sardor Rashidov: "Bor e'tiborni Osiyo Kubogiga qaratyapman"

Nadirkhuja Yuldashev
14 dek 2014, 11:40
Falastin terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yinda kiritilgan yagona gol muallifi Sardor Rashidov saytimizga qisqacha intervyu berdi.

"Bugun so'nggi o'yinni o'tkazib oldik. Mazkur yig'inda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilganligi bois, o'rtoqlik o'yinlariga ko'p ham bo'lmadi. Boisi har qanday dastlabki yig'indagi asosiy e'tibor futbolchilarni formalarini tiklashlariga qaratiladi. Ikkita o'yin ham yomon bo'lmadi. Terma jamoadagi barcha futbolchilar Osiyo Kubogida ishtirok etishni istaydilar. Shu jumladan men ham. Bu esa mashg'ulotlarga yanada jiddiyroq yondoshishimizga sabab bo'lishi tabiiy. Ikkinchi yig'in ko'p narsaga oydinlik kiritadi va unda yaxshi raqiblarga qarshi o'ynaymiz", - deydi Sardor Rashidov.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia