So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  8 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Sardor Abduraimov: "Legionerga aylanishim masalasini klub hal qiladi" Yangiliklar

Sardor Abduraimov: "Legionerga aylanishim masalasini klub hal qiladi"

Muborakning "Mashal" jamoasi bugun Toshkent yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Bunyodkor" raqiblik qilgan bahsda "gazchilar" kichik 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mazkur bahsdan so'ng jamoaning etakchisi Sardor Abduraimov championat.asia saytiga fikrlarini bildirdi. SHuningdek legionerga aylanishi borasidagi xabarlarga ham to'xtalib o'tdi.

"Yangi mavsumga juda yaxshi tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Ko'rib turganingizdek jamoada yangi ispaniyalik murabbiy ish boshlagan. Baribir talablari va uslubi biznikilarga qaraganda boshqacha. Avvalgi yillarga qaraganda bu yil jamoada yangiliklar ko'p, malum bir o'zgarishlarga qo'l urilmoqda. Tarkibga ikki nafar legioner kelib qo'shildi. Umumiy qilib aytganda jamoa yaxshi shakllanmoqda, deya olaman. Sovrinli o'rinlar uchun kurashishga urinib ko'ramiz. Klub rahbarlari oldimizga aniq maqsad qo'ylishini aytishdi. 

To'g'ri, o'tgan yili "Mashal" Pro ligadan chiqqani bois biroz qiynaldi. Quyi ligadan elitaga qaytganda moslashish oson bo'lmaydi. Oradagi to'xtalishlar ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Nasib qilsa 2021 yilda yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz.

Serxio Marinangeli himoyadan ham paslar bilan chiqishni, oddiy tepib yubormaslikni takidlamoqda. Har bir uzatmamizni samarasiz ketkazmaslikni talab qilyapti. Uslubi va taktikasi ko'proq ispan futboliga moslashganini ko'rishimiz mumkin. 

Legionerga aylanishim masalasini klub hal qiladi. Qatar jamoalaridan taklif borligini rahbarimiz aytdi. Oldinda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi",- deydi Sardor Abduraimov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика