So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  1 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  1 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   5 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   4 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  12 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Sapargaliev murabbiylikka qadam qo'ydi Yangiliklar

Sapargaliev murabbiylikka qadam qo'ydi

Futbolchilik faoliyatini katta qismini “Mashal”ga bag'ishlagan tajribali himoyachi Gabit Sapargaliev endilikda murabbiylik sohasiga qadam qo'ydi.
O'n ikki yil davomida “gazchilar” sharafini himoya qilgan Gabit Sapargaliev oxirgi marotaba 2012 yilda oliy ligada to'p surgandi. O'shandan keyin futbolchi jiddiy jarohat tufayli ikki mavsumni o'tkazib yubordi. Keyinchalik u butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Yaqinda esa u “Mashal”ga qaytdi. Bu gal u qadrdon jamoasiga murabbiy sifatida ishga kirdi. Hozirda sobiq futbolchi “Mashal”ning o'rinbosarlar jamoasida Vali Keldievga yordamchi murabbiy bo'lib yordam beradigan bo'ldi. SHundan keyin Sapargalievni suhbatga tortdik.
   
  MURABBIYLIKGA O'TISHI HAQIDA
  - Boshqa futbol o'ynay olmasligim malum bo'lganidan so'ng o'zimni boshqa sohada sinab ko'ra olmasligim tabiiy edi. CHunki shu vaqtgacha millionlar o'yini ichida yurganim bois, boshqa sohada faoliyat ko'rsata olmasdim. Maydonda to'p sura olmasam-da, murabbiy bo'lib qolish niyatida edim. Anchadan buyon “Mashal” jamoasidan menga taklif tushayotgandi. Ammo, futbolga qaytish maqsadim borligi bois, bu takliflarga rad javobini berib kelayotgandim. Oxiri, butsalarimni mixga ilish payti kelganini anglab etganimdan so'ng, murabbiylikga qadam qo'ydim. Yaqinda “Mashal” jamoasi vice-prezdenti Ilhom Qurbonov meni ishga taklif qildi. SHundan so'ng uni taklifini qabul qilgan holda Muborakga tashrif buyurdim. SHu tariqa yangi sohadagi ishlarim ham boshlanib ketdi. Endi yaxshi mutaxassisga aylanish uchun ko'proq bilimga ega bo'lmoqchiman.
  “MASH'AL”DAGI VAZIFASI TO'G'RISIDA
  - Hozirda men jamoaning o'rinbosarlarida Vali Keldievga yaqinda yordam bermoqdaman. Vali aka bilan dastlabki kundan boshlab yanada yaxshi munosabatda bo'lib ketdik. Ushbu insonni o'z vaqtida qanday futbolchi bo'lganini juda yaxshi bilaman. Murabbiylikga qadam qo'yganidan so'ng bosqichma-bosqich o'sishga erishayotganidan ham xabardorman. Ishga kelgan kunimdan boshlab o'rinbosarlar tarkibidagi yigitlarning o'z ustilarida qay tariqa shug'ullanayotganliklarini kuzatdim. Jamoa tarkibidagi ayrim yigitlarni taniyman. Ko'pchiliki yosh bo'lgani bois, unchalik tanish emasman. Boisi, men to'p surgan kezlarimda ular akademiyada tahsil olishardi. SHu sababli u yigitlar bilan tanimasdim. Ular meni yaxshi kutib olishdi. Xurmatim joyiga qo'yishib, yaxshi munosabatda bo'lishga kirishishdi. Murabbiylik sohasi men uchun begonaligi sababli, hali kata tajribaga ega emasman. Endilikda sohani tutqichini mustahkamroq ushlamoqchiman. Bu borada menga Vali Keldiev, Aleksandr Xomyakovlar yaqindan yordam berishmoqda. Ulardan o'rganganlarim menga asqotib qolishiga shubha qilmayman.
 
  YANGI SOHANING QIYINCHILIKLARI XUSUSIDA
- Ilgari futbol o'ynab yurgan kezlarimda murabbiylik qilish futbol o'ynashdan ko'ra osonroq bo'lsa kerak deb o'ylardim. CHunki murabbiylar birorta mashqni tayinlab qo'yishib, o'zlari bir chetda turib kuzatishardi. SHuning uchun ham murabbiylik qilishni osonroq bo'lsa kerak degandim. Ammo, unday emas ekan. Hozir mustaqil murabbiy sifatida ishlamayotgan bo'lsam-da, bu soxaning qanday qiyinchiliklari borligini kuzatishga muvaffaq bo'ldim. Har bir ishning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi. Murabbiylikning ham menga nomalum jihatlarini ko'rib, kuzatib shunga amin bo'ldimki, hali ko'p izlanishimiz kerak. Yaxshi bilimga ega bo'lishim uchun tajribali mutaxassislardan o'rganadiganlarim ko'p ekan. Futbol o'ynab yurgan kezlarimda, uning ham qiyinchiliklarini engib o'tganman. O'ylaymanki, murabbiylikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni barchasini engishga harakat qilaman.
   
  FUTBOLDAN KETISHI BORASIDA
- To'g'risi, futbolchilik faoliyatimni tugatish niyatim yo'q edi. “Mashal” oliy ligadan tushib ketgan yilida jiddiy jarohat olgandim. O'sha oyog'imda olgan jarohat bunchalik jiddiy bo'lishini kutmagandim. Tezroq davolanib, sevimli ishimga qaytishni maqsad qilgandim. Jarohatimni qaytadan tekshirganimdan so'ng uni operaciya qilish lozimligini aytishdi. SHundan so'ng men jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun Greciyaga borishimga to'g'ri keldi. U erda bir muddat davolanib qaytganimdan so'ng shu yilning qishda “Mashal” mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Ammo, eski jarohatim qaytalandi hamda butunlay futbol o'ynay olmasligim oydinlashdi. Og'riq hozirgacha bor. Futbol o'ynashdan va undan lazzat olishdan umidim bor edi. Futbol o'ynab uning lazzatiga to'ymagandim.  Qanday bo'lmasin, jarohatimdan qutulish hamda futbolga qaytmoqchi bo'ldim. Afsuski, barcha qilgan urinishlarim zoe ketdi. Taqdirimga shuni yozgan ekan, nima ham qilardim. Bir kun kelib butsalarimni mixga ilish payti kelishini bilardim. Ammo, hozir bunday qilmoqchi emasdim. “Mashal” quyi ligaga tushib ketganida unga yordam bera olmaganim sababli, ancha qiynalib yurdim. O'n ikki yil mobaynida “gazchilar” sharafini himoya qildim. Albatta, bunday vaqt mobaynida klub bilan ko'p narsalarga erishdim. Muborakda xurmat qozondim. SHu orqali uylandim, oilamni moddiy tarafdan taminladim. Xullas, futbolda nimaga erishgan bo'lsam, bularning barchasini aynan “Mashal” orqali erishdim. Aynan shuning uchun ham klubga mehrim bo'lakcha edi. Oliy ligaga chiqqanidan so'ng jamoaga yordam berishni maqsad qilib qo'ygandim. Afsuski, futbol o'ynash nasib qilmadi. Endi murabbiylik qilish orqali jamoaga yordam bermoqchiman.
  “MASH'AL”DA O'TKAZGAN FAOLIYATI TO'G'RISIDA
- Tan olib aytishim kerakki, “Mashal” hayotimda o'zgacha o'rinda turadi. Menga vaqtida oliy ligamizning qator kuchli jamoalaridan takliflar tushgandi. Ularning orasida bazilari moliyaviy tomondan ham yaxshi takliflar bildirishdi. SHunga qaramay,  men hech birini qabul qilishni istamadim. CHunki “Mashal” men uchun hammadan yaxshi jamoa hisoblanardi. O'zimni boshqa klubda hech ham taassavur qila olmasdim. O'n ikki yillik faoliyatim ichida muhitga shu darajada o'rnashib ketgandimki, boshqa jamoaga borishni hayolimga keltirmadim. Bu vaqt mobaynida ko'plab murabbiylar qo'l ostida to'p surdim. Hech biri bilan san-manga bormadik. Kim kelgan bo'lsa, uni xurmatini joyiga qo'ydim, aytganlarini bajarib, mendan nimani talab qilayotgan bo'lsa, aynan shularni bajarishga odatlandim. Ming shukrki, hech biri meni zahiraga o'tirg'izib qo'ymadi. “Mashal” bilan Osiyo CHempionlar ligasida o'ynadik. Aynan shu musobaqalarda ham murabbiylar menga katta ishonch bildirishdi. Umuman olganda, futbolchilik faoliyatimdan hech qachon nolimayman.
 
  FUTBOLDAN CHETDA YURGAN PAYTLARI XUSUSIDA

- Juda og'ir paytlarni boshdan kechirdim. Jiddiy jarohat menga tinchlik bermasdi. Tinimsiz og'riqlar kundan-kunga ruhiy tomondan qiynardi. Ammo, “Mashal”dagi sheriklarim, rahbariyat, murabbiylardan tortib, oddiy xodimlargacha meni qo'llab-quvvatlashdi. Klub Greciyaga borib operaciya o'tkazishim uchun moddiy tomondan ham yordam qo'lini cho'zishdi. Qanday yordam kerak bo'lsa, barchasini qilib berishdi. SHu sababli “Mashal”ni menga bildirgan taklifini qabul qildim. CHunki yaxshi insonlar to'plangan joyda, faoliyat yuritishni barcha hohlaydi. Endilikda murabbiylik sohasida ham qadrdon jamoaga yordam bermoqchiman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика