So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  1 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  2 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  55 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  22 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

Sanjar Tursunov: "Navbahor" - chempionlik uchun kurasha oladi" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Navbahor" - chempionlik uchun kurasha oladi"

Superliganing 5-turida "Navbahor" bilan to'qnash kelgan OKMK jamoasi 2:1 hisobida g'alabani o'ziniki qildi.

Olmaliqliklar sardori va etakchisi Sanjar Tursunov shu kuni o'yinning eng yaxshisi bo'ldi, deya olamiz. Dastlab uning burchakdan uzatib bergan to'pi raqib himoyachisiga tegib darvozaga kirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay qanotdan reyd uyushtirib zarba yo'lladi va Yusupovdan qaytgan to'pni Ruben Sanches golga aylantirdi. Tabiiyki, uchrashuvdan so'ng Sanjar Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Umuman olganda o'yin yaxshi o'tdi. Agar qandaydir sabablarga ko'ra o'yin buzilmasa, bunday bellashuvlardan O'zbekiston chempionati yutadi. Keraksiz narsalar o'z tasirini o'tkazaversa, bu ketishda qiyin bo'ladi. Har turda hakamlar bilan bog'liq muammolar. Kimdir ataylib, yana kimdir bilmasdan xato qiladi. Insoniylik faktori sabab xato bo'lsa, tushunamiz. Lekin aksincha qilinsa, futbolimizga zarar",- deydi Sanjar Tursunov. 

- "Navbahor" raqib sifatida qanday taassurot qoldirdi?
- "Navbahor" tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Bunday tarkib bilan ular chempionlik uchun kurasha oladi.

- O'zbekiston chempionatida qaysi tomonga o'zgarish bor?
- Agar futbolga aloqador bo'lmagan ishlar uchramasa,chempionatimiz qaysidir tomonlama kuchaygan. Pastki jamoalar har tomonlama moliyaviy deysizmi, tarkibmi yuqoridagilarga yaqinlashyapti. Superliga esa rivojlanishda davom etishi kerak. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика