Sanjar SHoahmedov "Terengganu" bilan bronza medallariga ega chiqdi
12 okt 2020 15:40
Yangiliklar


Sanjar SHoahmedov "Terengganu" bilan bronza medallariga ega chiqdi
Malayziya Superligasining 2020 yilgi mavsumi o'z nihoyasiga etdi.
Hamyurtimiz to'p tepayotgan "Terengganu" jamoasi mavsum yakunlariga ko'ra uchinchi o'rinni egalladi va bronza medallariga ega chiqdi. Jami o'tkazilgan 11ta turda "Terengganu" umumiy hisobda 19 ochko jamg'ardi va eng yaqin taqibchisi "Perak"ni bir ochkoga ortda qoldirdi. So'nggi turda SHoahmedovning jamoasi "Paxang"ni 2:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, "Perak" o'zi uchun muhim bo'lgan bahsda "Kedax"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu esa yakunda "Terengganu"ga ortiqcha hisob-kitoblarsiz uchinchi o'rinni egallash imkonini berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar