So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  90 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

Sanjar SHoahmedov: “Keyingi turda Sato Minori jamoasiga qarshi o'ynaymiz” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Keyingi turda Sato Minori jamoasiga qarshi o'ynaymiz”

Qatarning “Al Sayliya” klubi kecha ichki chempionatda “Al Garafa”ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida irodali g'alaba qozondi.

Ushbu bahsda “Al Sayliya” klubi sharafini himoya qilayotgan Sanjar SHoahmedov ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi. SHoahmedov uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Al Garafa”ga qarshi uchrashuvda eng kerakli bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilayotganim haqida hech nima deya olmayman. Murabbiy shuni istamoqda, balki bu taktika bilan bog'liqdir. Ikkinchi bo'limdan so'ng birinchi bo'lim meni zaxiradan maydonga tushirmoqda. 

O'yindan oldin murabbiyimimz “tayyorlanib tur ikkinchi bo'limda maydonga tushasan” deya takidlaydi. Endi bu murabbiyning o'zini xohshimi yoki taktikasimi, barchasini bosh murabbiy xal qiladi. Hozircha hammasi yaxshi ko'z tegmasin. 

Balki keyingi bahslarda asosiy tarkibda maydonga tusharman. Barchasi murabbiyga bog'liq. CHempionat ham yakunlanishiga bor yo'g'i 3 ta tur qoldi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Keyingi turda “Bunyodkor”ning sobiq futbolchisi Sato Minori jamoasiga qarshi bahs olib boramiz.

Klub shartnomada ko'rsatilgan barcha shartlarni amalga oshirdi. Yashash sharoiti juda ham yaxshi. Bizni barcha qulayliklar qoniqtirmoqda. Hamma narsadan ko'nglimiz to'q”, - deydi “Al Sayliya” klubi futbolchisi Sanjar SHoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика