"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra: "O'yin qiyin kechishini bilgandik"

Administrator
5 fev 2025, 01:45
"Paxtakor" Qatarda "Al Garafa"ga qarshi Elit Chempionlar Ligasi 7-tur o'yinida maydonga tushdi va minimal hisobda mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Al Garafa"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin kechishini bilgandik. Chunki raqibimiz yaxshi saviyada va ularda mavsum davom etmoqda. Birinchi bo'limda raqibga bir necha imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. 

Doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Hozir biz navbatdagi bellashuvda yutuq haqida o'ylashimiz kerak. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, suratni nazorat qildik. Mezbonlarga oldinga o'tishga imkon bermadik. Faqat vaziyatlar yaratishda kamchiliklar bo'ldi. Buning ustida ishlashimiz lozim. Biz endi birinchi rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. 

Bizni stadiondan qo'llab turgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular jamoani yaxshi ko'rishadi va bunga munosib javob berishga harakat qilamiz", -deydi Pedru Moreyra.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати