So’nggi yangiliklar

09:42"Ливерпуль" 10 йиллик антирекордни такрорлади  0 09:11"Арсенал" ПСЖ юлдузига қизиқмоқда  0 08:40"Манчестер Сити"нинг "Арсенал"га қарши финал учрашуви учун тахминий таркиби маълум   6 08:06Англия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун уй-меҳмонлар либослари тақдим этилди  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун мусобақанинг саралаш босқичига старт берилади  0 03:10АПЛ. "Лидс" кетма-кет тўртинчи ўйинида гол ура олмади. Кейинги ўйин МЮ билан  0 03:03Франция. ПСЖ осон ғалабага эришди  0 02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  7 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  3 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  4 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  3 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  1 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  5 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  9

Sanjar Rihsiboev: "Andijon"ga qarshi bahsda hammasi hal bo'ladi" Yangiliklar

Sanjar Rihsiboev: "Andijon"ga qarshi bahsda hammasi hal bo'ladi"

Teglar :  "Obod"
Oliy liganing 28-turidan o'rin olgan "Obod" - "Olmaliq" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar azosi Sanjar Rihsiboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Uchrashuv qiyin kechishi oldindan malum edi. Sababi, har ikkala jamoaga ham ochko kerak, aniqrog'i, mehmonlardan ko'ra, ko'proq bizni faqat ijobiy natija qoniqtirardi. Bellashuv qiziqarli kechdi. "Olmaliq" kuchsiz o'ynadi, degan fikrlarga qo'shilmagan bo'lardim. Ular o'zlarining nomiga mos ravishda jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. SHunchaki, shu kuni bizning o'yinimiz o'xshadi. SHu bois raqib kuchsizroqdek ko'ringandir?! Bahsdagi ilk gol urganimdan xursandman. Qolaversa, bu gol mening "Obod" safidagi birinchi golimga aylandi. Dastlabki golim jamoadoshlarimning kayfiyatini ko'targan bo'lsa, SHohruz Norxonov tomonidan urilgan gol o'yin taqdirini hal qildi. Kelasi turlarda ham shunday muhim gollar urishni maqsad qilganman.

Navbatdagi turda bizni yanada qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Andijon"ga qarshi bahs qaysi klub oliy ligada qolish-qolmasligiga oydinlik kiritadi. O'ylaymanki, o'sha jamoa biz bo'lamiz va oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaymiz. Jamoadoshlarimda bunga ishonch juda yuqori. Rahbariyat ham barchamizni qo'llamoqda. 16 noyabr kuni bizga ishonganlarning barchasini ishonchini oqlaymiz, degan umiddaman.

"Obod" FK matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика