"Fiorentina"ning sobiq futbolchisi 2-bor o'g'irlab ketildi
16 noy 2020 20:02
Yangiliklar
"Fiorentina"ning sobiq futbolchisi 2-bor o'g'irlab ketildi
Nigeriyalik sobiq futbolchi Kristian Obodo qurollangan shaxslar tomonidan o'g'irlab ketilgan, deb xabar qildi "L'Équipe".
Hodisa Nigeriyaning janubidagi Varri shahrida sodir bo'lgan. Mahalliy policiya o'g'irlangan futbolchini qidirmoqda, ammo hamon jinoiy guruh bilan aloqa o'rnatilmagan.
Malumot uchun, Obodo 2012 yilda ham aynan Obodo tumanida bo'lib turgan payti o'g'irlab ketilgan. Keyin uning yaqinlaridan 149 ming evro miqdoridagi garov puli talab qilingan. Kristian keyingi kuni mahalliy policiya amalga oshirgan operaciya natijasida ozod qilingan edi.
36 yoshli Obodo Nigeriya terma jamoasi uchun 21 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. U faoliyati davomida Italiyaning "Perudja", "Fiorentina", "Udineze", "Torino", "Lechche" klublarida to'p tepgan va faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi.
Fikrlar