“Obod”ning sobiq bosh murabbiyi Ukraina oliy ligasida ish boshladi
09 may 2018 09:40
Yangiliklar
“Obod”ning sobiq bosh murabbiyi Ukraina oliy ligasida ish boshladi
Ukrainalik mutaxassis Andrey Demchenko o'tgan yilning ikkinchi qismida “Obod” bosh murabbiyi etib tayinlangan, klubni oliy liganing 8 bahsida maydonga boshlab tushgan. Aytish kerak, poytaxtliklar ukrainalik mutaxassis qo'l ostida barcha bellashuvlarni boy bergan.
Malum muddat ishsiz yurgan Andrey Demchenko ayni vaqtda Ukraina oliy ligasi ishtirokchisi “Veres”da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda faoliyat ko'rsatmoqda. “Veres”ning o'zi mamlakat chempionatining ikkinchi bosqichini “CHempionlar guruhi”da o'tkazmoqda. Jamoa “SHaxtyor”, “Dinamo”, “Vorskla”, “Zarya”, “Maripol”dan keyin so'nggi oltinchi o'rinni egallab turibdi. 5 may kuni “Vorskla” bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkan “Veres” endi 13 may kuni Doneckda “SHaxtyor” mehmoni bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar