Sanjar Rashidov - “So'g'diyona”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
5 may 2017, 18:30
Co'nggi 5 kun davomida "So'g'diyona" klubining rasmiy telegram kanalida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi.

“So'g'diyona” ning aprel oyida 4 ta o'yin o'tkazdi.

5-tur. 7 aprel. “So'g'diyona” -“Obod” 1:0  penalti Sanjar Rashidov

6-tur. 15 aprel. “Qizilqum”- “So'g'diyona”  1:1 Sanjar Rashidov

7-tur. 22 aprel .“So'g'diyona”-“ Neftchi”  0: 1

8-tur. 29 aprel. “Dinamo”-“ So'g'diyona” 2: 2  Sanjar Rashidov (1:1)



Shuni aytib o'tish joizki,jamoamiz sardori 4 o'yinning 3 tasida raqib darvozasini ishg'ol qilib,jamoamizga muhim ochkolarni keltirgan.

 So'rovnomada 37% ovoz to'plab Sanjar Rashidov “So'g'diyona” ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shuningdek,so'rovnomada Ixtiyor Toshpo'latov 21% ovoz to'plab ikkinchi o'rinni qayd etdi. Mahoratli xujumchimiz Samarqandda “Dinamo” bilan kechgan bahsda  ikkinchi golga mualliflik qildi.

Uchinchi o'rinni 17% ovoz bilan  Shoxrux Dostonov  egalladi. Eslatib o'tish joizki,Shoxrux Dostonov mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi.

Shu bilan birga,Elyor Orifov 9% ,Qaxramon Baxodirov 7%, Shoxrux Eshbo'taev 2% ,Sardor Eminov 2% ,Sardor Qulmatov 2% ,Azamat Isroilov va Sunnatilla Mamadaliev 1% ovoz to'plashdi.


“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia