So’nggi yangiliklar

21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  2 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  0 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  15 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  10 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  6 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  10 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6

Sanjar Quvvatov “Buriram Yunayted”ga o'tishga yaqin turibdi Yangiliklar

Sanjar Quvvatov “Buriram Yunayted”ga o'tishga yaqin turibdi

Kelasi yil katta ehtimol bilan legionerlarimiz soni yana bittaga ko'payishi mumkin.

Sababi “Mashal” futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan darvozabon aftidan keyingi faoliyatini xorijda davom ettiradigan ko'rinadi. Avval xabar berganimizdek, Sanjar Quvvatov Tailand klubi ko'rigida bo'lib turibdi. Kuni-kecha uning o'zi bilan aloqaga chiqqanimizda, haqiqatdan ham Tailand klubida ekanligini, aniqrog'i “Buriram Yunayted” yig'inida ishtirok etayotganini bildirdi. Sanjar ushub klub safiga 3 dekabr kuni borib qo'shilgandi. Hozircha u ko'rikdan o'tmoqda. Qiziq, Tailand klubiga u kimning ko'magi orqali ketgan bo'lishi mumkin? Bu haqda Quvvatovdan so'raganimizda, xorijlik agent orqali ekanligini malum qildi va uning ism-sharifini sir bo'lib qolishini aytib, oshkor etishni istamadi.

Darvoqe, “Buriram Yunayted” Tailandda o'z o'rniga ega. Kezi kelganda aytish joizki, so'nggi uch yildan buyon klub ichki chempionatda gegemonlik qilib kelmoqda. Joriy mavsum ham klub chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Qolaversa Tailand liga kubogida ham zafar quchildi. 1970 yilda tashkil topgan “Buriram Yunayted”ga ayni paytda braziliyalik Aleshandro Gama ustozlik qilib kelmoqda.  

“Buriram Yunayted” rahbariyati o'zbek futbolchilariga befarq emas. Bunday deyishimizning boisi ilgari ham hamyurtlarimiz ushbu klub libosida malum muddat xarakat qilgan. Gap kimlar haqida ketayotganini zukko o'quvchilarimiz allaqachon anglab etgan bo'lsa ajab emas. Ha, gap Asqar Jadigerov va Anvar Rajabov xususida ketmoqda. Yodingizda bo'lsa, ushbu futbolchilar ham oldin “Buriram Yunayted”da faoliya yuritib qaytgandi.

Ko'ramiz Tailandning besh karra chempioni o'z safida Quvvatovni ham olib qolarmikin. Bu borada biz Sanjarga omad tilab qolamiz.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика