"Sancho individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda" - Ten Hag
14 dek 2022 17:13
Yangiliklar
"Sancho individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda" - Ten Hag
Futbolchi yakka tartibda shug'ullanadi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Jeydon Sanchoning yomon sport formasi haqida gapirdi.
"Jeydon kerakli jismoniy forma va holatda emas. U bilan bir necha bor suhbatlashdim, hozir Sancho individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda. Maqsad – uni imkon qadar tezroq umumiy guruhga qaytarish, ammo bu qachon sodir bo'lishini ayta olmayman. Jismoniy jihat va ruhiy holat muhim ahamiyatga ega. Biz bu masalani tushunishga va uni qaytarishga harakat qilmoqdamiz", – dedi mutaxassis.
Fikrlar