Sancho Evro-2020'dan so'ng “Borussiya D”ni tark etadi. Unga asosiy da'vogar esa APLdan

Eldor Akmurzayev
12 fev 2020, 21:00
Jeydon Sancho yozda “Borussiya D”ni tark etadi.

“Sky Germany” jurnalistining manbasiga ko'ra, futbolchi aniq jamoadan ketadi.

Sanchoni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar sifatida esa “Manchester Yunayted” ko'rilmoqda. 

Keyingi oy 20 yoshni qarshi oladigan futbolchi Angliya milliy jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bo'lgan. U Evro-2020'dagi ishtirokidan keyin faoliyatini katta ehtimol bilan Premer-liga bilan bog'lashi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Jeydon “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futboldagi professional shartnomasini esa ilk bor 2017 yili “Borussiya D” bilan tuzgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Germany