So’nggi yangiliklar

23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0

Sanat SHaripov O'FAda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi Yangiliklar

Sanat SHaripov O'FAda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi

Teglar :  Sanat SHaripovO'FA
Sanat SHaripovni yurtimizdagi futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi.

Bu inson bir necha yil davomida dastlab agent sifatida faoliyat yuritib, ko'plab o'zbekistonlik futbolchilarni xorij klublarida to'p surib, legionerga aylanishlariga yordam bergan.
 
Bundan tashqari, Sanat SHaripovni Jahon chempionati, Evropa chempionati kabi katta musobaqalardan tayyorlagan videreportajlari va maqolalarini ham futbol muxlislari tomosha qilishgan hamda o'qishgan.
 
U 2003 yil Moskvadagi Lomonosov nomidagi Jurnalistika fakultetini tamomlagan hamda 2016 yil SHveycariyaning Cyurix shahridagi Xalqaro Huquq fakultetining Xalqaro Sport yo'nalishida talim olib, uni muvaffaqiyatli yakunlagan. SHuningdek, 2016 yil Janubiy Afrika Respublikasi Futbol associaciyasida futbolni rivojlantirish bo'limida ish olib borgan.
 
Katta xalqaro tajribaga ega bo'lgan futbol mutaxassisi Sanat SHaripov endilikda O'zbekiston futbol associaciyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
 
U Evropa futbolidagi yutuqlar, boy tajriba va futbolchilarni tarbiyalashda yo'lga qo'yilgan tizim, mahalliy futbolchilarning xorij klublari bilan shartnoma imzolashda ahamiyat qaratishi kerak bo'lgan jihatlar kabi ko'plab masalalarda o'zining qimmatli maslahatlari bilan o'rtoqlashib boradi.
 
“O'zbekiston futbol associaciyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritish, umuman, o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shish men uchun katta sharaf. O'z bilim va tajribamni yurtimiz futboli ravnaqi yo'lida sarflashga tayyorman. Umid qilamanki, O'FA rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada o'z samarasini berib, terma jamoalarimizni Olimpiada va Jahon chempionatlarida ko'rish nasib etadi”, - deydi Sanat SHaripov.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика