Sanat Sharipov O'zbekiston chempionatini tanqid qilganidan so'ng, O'FA maslahatchisi deb e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018, 09:50
Sanat Sharipov kuni kecha tvittyerda quyidagi tvitni yozdi.

"2018 yil hisobidan bugun birinchi marta oliy liga o'yinini ("Qo'qon-1912" - "So'g'diyona") ko'rdim. O'yin sifati, hakamlar, sharhlovchilar o'sha-o'sha...Vaqt to'xtab qolgandek...Biz kimni aldayapmiz?", - deb yozgandi Sanat Sharipov 29 iyul kuni tvittyerdagi o'z sahifasida.



Eslatib o'tamiz, 29 iyul kuni bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur o'yinni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuvni Qo'qondagi stadiondan turib SPORT telekanali sharhlovchisi Farruh Rasulov sharhlab bordi.

Kecha, 30 iyul kuni O'FA rasmiy saytida Sanat Sharipov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi maslahatchisi bo'lgani e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia